So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Sanjar SHoahmedov: "Kelasi yili yana xorijda o'ynayman" Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: "Kelasi yili yana xorijda o'ynayman"

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Qatarning Al-Sayliya klubida o'tkazgan tajribali yarim himoyachi Sanjar SHoahmedov faoliyatini yana O'zbekiston oliy ligasida davom ettiryapti.

Futbolchi amaldagi mamlakat chempioni Toshkentning Lokomotiv klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagandi. Aslida, Sanjar uchun Lokomotiv begona emas. O'tgan yili u aynan temiryo'lchilar tarkibida O'zbekiston chempioni bo'lgandi.

SHu nuqtai nazardan olib qaraganda, SHoahmedov shunchaki ­uyiga qaytdi. Yarim himoyachi 2015-2016 yillarda Lokomotiv safidagi mazmunli o'yinlari, to'purarlik mahorati bilan muxlislar qalbidan joy olgan edi.

Biz Sanjar bilan uchrashib, undan ikkinchi davraning ortda qolgan o'yinlari, Qatar chempionatidagi ishtiroki hamda rejalari yuzasidan intervyu oldik.

- Sanjar, ko'pchilik faoliyatingizni xorij klublarining birida davom ettirsangiz kerak, deb o'ylagandi. Lekin kutilmaganda Lokomotiv bilan shartnoma imzoladingiz. Bu qarorni qabul qilishingizda etarlicha asoslaringiz bormidi?

- Ha, o'ziga yarasha sabablari bor edi. Yaqinda oilamda farzand dunyoga kelgandi. Uydagilar bilan maslahatlashganimda, ular oilang, farzanding oldida bo'lganing afzalroq, deb aytishdi. O'ylab qarasam, ota-onam noto'g'ri maslahat berishmabdi.

Haqiqatan ham, hozirgi paytda oilam oldida bo'lishim muhimroq ekan. Yana legioner maqomida o'ynashga ulguraman. CHunki xorij klublaridan etarlicha takliflar bor edi. Saudiya Arabistoni, Eron kabi davlatlar jamoalaridan chaqiruv olgandim.

Bu klublar bilan malum bir muddat muzokaralar ham davom etdi. Lekin yakunda yuqorida aytgan sabab tufayli O'zbekiston chempionatida qolishga qaror qildim. Lokomotivdan ham har tomonlama manfaatli taklif tushgandi.

Qolaversa, bu jamoa menga begona emas. O'tgan yili chempion va kubok sohibi bo'lgandik. Nasib qilsa, bu mavsumda ham oltin dublga erishamiz.


- Legioner sifatida xorij klubida o'ynash qanday ekanligini tushunib etdingiz. Nahotki, siz sanab o'tgan davlatlar klublaridan tushgan takliflar sizni qiziqtirib qo'ymadi?

- Albatta, qiziqtirdi. Qatar chempionatida o'ynab, buning mazasini totib ko'rgandim. Legioner sifatida o'ynash har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Ammo hozir vaziyat shuni taqozo qildi va qarorimdan aslo afsuslanmayman. Legioner sifatida o'ynashga hali ulguraman. Muzokara olib borgan jamoalarning eshiklari men uchun ochiq.

- Sizga Qatar chempionatida ilk bor legioner sifatida o'ynash baxti nasib etdi. Umumiy taassurotlaringiz qanday bo'ldi?

- Hammasi ajoyib. Qatar yulduzlar ligasida o'ynaganimdan juda ham xursandman. Dunyoga mashhur futbolchilar - Xavi, Keyta va boshqa yulduzlarga qarshi to'p surish baxti nasib etdi.

Al-Jaish, Al-Sadd, Lahviya kabi o'z safiga mashhur futbolchilarni jamlagan klublarga qarshi o'yinlarda maydonga tushdim. Bu jamoalarda barcha yo'nalishlardagi ishlar professional tarzda yo'lga qo'yilgan. Jumladan, o'zim o'ynagan Al-Sayliyada ham futbolchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan edi.

- Qatarda sizga nima yoqmadi?

- Noqulay holatga tushmadim. Faqat - Vatan, ota-ona sog'inchi qiynadi.

- Yil oxirida sizga bo'lgan takliflarga yana qaytasizmi?

- SHubhasiz. Yuqorida takidlaganimdek, ular qishda yana aloqaga chiqishlarini aytishdi. Nasib qilsa, keyingi mavsumni xorij jamoalarining birida o'tkazaman.


- Lokomotivdagi hozirgi holatingizdan ko'nglingiz to'qmi?

- O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Lokomotivda avval ikki yil mobaynida to'p surganim foydamga ishlayapti. Holatimdan ko'nglim to'q. O'z ustimda ishlashga va murabbiylar ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- Lokomotiv o'z taqibchilaridan sezilarli darajada o'zib ketdi. Ochig'i, temiryo'lchilarning chempion bo'lishlariga shubha qolmadi, hisob. Sizda ham shunday o'y-fikrlar xayolingizdan o'tyaptimi?

- Hali bu borada fikr bildirishga erta. Kutilmagan natijalar har bir turda qayd etilmoqda. Hech kim Lokomotivning ochko yo'qotmasligiga kafolat bera olmaydi. To'g'ri, ikkinchi o'rindagi jamoadan ancha o'zib ketdik. Lekin oldinda hali o'yinlar ko'p va ularda har qanday natijani kutish mumkin.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi, "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика