So’nggi yangiliklar

20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  1 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  19 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  21 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  31

Sanat SHixov "Buxoro" - "Oq-tepa" uchrashuvidan keyin: "Turon" sobiq murabbiyi xotinlarga o'xshab g'iybat qilmasdan aniq fakt bo'yicha gapirsin" Yangiliklar

Sanat SHixov "Buxoro" - "Oq-tepa" uchrashuvidan keyin: "Turon" sobiq murabbiyi xotinlarga o'xshab g'iybat qilmasdan aniq fakt bo'yicha gapirsin"

Pro liganing navbatdagi turida "Buxoro" va "Oq-tepa" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuv yakunda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Mazkur uchrashuvga doir shubha va turli gumonlar hali hamon tarqagani yo'q. Uchrashuvning jonli efirda translyaciya qilinmangani esa xavotirlarni yanada kuchaytirdi. Aslida bu o'yin mezbon jamoa "Buxoro" yaqqol ustunlik qilishi kutilgandi. Biroq o'yinning 80-daqiqasiga qadar mehmonlar "Oq-tepa" 3:0 ko'rinishida hisobda oldinda borayotgandi. So'nggi 10 daqiqalikda esa "Buxoro" 3ta gol urib hisobdagi farqni tenglashtirdi. Xo'sh, aslida o'yin qanday o'tdi? SHubhalar qanchalik o'rinli? Bu borada jamoaning etakchilaridan biri Sanat SHixovni suhbatga chorladik.

- Uchrashuvdan oldin mutloq favorit "Buxoro" hisoblanardi. Lekin o'yin surati kutilmaganda boshqacha tus oldi...

- "Oq-tepa"ga qarshi bahs juda muhim sanalardi. SHuni tushungan holda harakat qildik. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida imkoniyatdan foydalana olmaganimiz qimmatga tushdi. Agar birinchi bo'lib gol urib olganimizda ishonchim komil yirik hisobda g'alabani o'zimiznki qila olardik, deb o'ylayman. Bo'ladigan ish bo'lib o'tdi. Xatolardan xulosa chiqarib keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

- O'yinning translyaciya qilinmaganiga munosabatingiz qanday? Bahsning bu tarzda kechishi, "Buxoro"ning so'nggi daqiqalarda 3ta gol urib hisobni tenglashtirishi omma orasida shubhalarni keltirib chiqardi...

- Translyaciya qilinmaganini sababini bilmayman. Lekin o'zimizning kameralarimiz tasvirga oldi. Agar kimdadir, qandaydir shubha bo'lsa bemalol ko'rishi mumkin. SHuni aytishim mumkinki, ayrim insonlarning ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan fikrlarini o'qidim. Aynan ushbu uchrashuv bo'yicha hech narsani ko'rmagan odamlar fikr bildirmoqda. O'yinni tekshiradigan tashkilotlar bor va shubha bo'lsa jazolashadi. To'g'risi 0:3dan so'ng hammasi tugadi, degan hayolga bordik. Birinchi urgan golimiz kuch berdi, deya olaman. Xudoga shukur 3:3 qilib oldik. "Oq-tepa"da o'ynaydigan do'stlarim bor. Alisher bilan ham aka-ukamiz. Ularning halolligiga gumonim yo'q. "Turon" sobiq murabbiyining fikrlarini eshitdim. Musulmonmiz, gumon iymondan ayiradi. Xotinlarga o'xshab g'iybat qilmasdan, aniq fakt bo'yicha gapirsin. Murabbiy sifatida qanday qilib Superligaga chiqqani, mashaqqatlari haqida eshitdik. Buxoro bu katta shahar, katta klub. O'ziga yarasha brend hisoblanadi. Mazkur klub to'g'risida gapirish jismoniy tarbiya o'qituvchisi uchun og'irlik qiladi. 

- Umuman so'nggi paytlarda futbolimizda kelishilgan o'yinlar, totalizatorga qarshi jiddiy kurashilmoqda. SHunda ham jamoalarda qing'ir ishlar uchrab turibdi. Balki bunga moliyaviy muammolar sabab bo'layotgandir...

- Men shundaylarni topib jazolashlari tarafdoriman. Jinoiy ish ochishadimi yoki boshqami, nima qilishsa ham jazolashsin. Moliyaviy muammo bo'lsa musobaqada qatnashishmasin. Bunday pulni qanday qilib oilasiga olib boradi? Uni edirish harom hisoblanadi. Odam jinoiy javobgarlikdan tashqari, oxiratini ham o'ylashi kerak. 

- "Buxoro" "Oq-tepa"ni mensimadimi yoki raqib shunchalik zo'r to'p tepdimi?

- Pro ligada o'yini bo'yicha eng yoqadigan jamoam "Oq-tepa" bo'ladi. Yaxshi shakllangan jamoa. Biz o'zimizning imkoniyatlarimizdan foydalanmadik. Balki "Neftchi" bilan bahsdan so'ng o'zimizni ruhiy tomondan tayyorlay olmagandirmiz. Raqib yaxshi himoyalandi. Munosib tayyorgarlik ko'rgani sezildi. 

- Muxlislarga aytadigan gaplaringiz bo'lsa marhamat...

- Ko'rmasdan bilmasdan fikr yuritmaslikni iltimos qilib so'rab qolaman. Biz ham musulmon farzandimiz. Alhamdulillax halol va haromni farqiga boramiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика