San-Marino terma jamoasi bosh murabbiyi: "Belgiya va Rossiya umuman boshqa sayyoradan kelgan jamoalar"
20 noy 2019 10:54
Yangiliklar


San-Marino terma jamoasi bosh murabbiyi: "Belgiya va Rossiya umuman boshqa sayyoradan kelgan jamoalar"
San-Marino terma jamoasi bosh murabbiyi Franko Varrela o'z jamoasi va rossiyalik futbolchilarni farqladi.
Mutaxassis bu haqda o'yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o'tdi.
San-Marino terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichidagi so'nggi bahsda Rossiyaga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Raqiblarimiz orasida ikkita juda kuchli Evropa jamoalari bor edi: Belgiya va Rossiya. Ular shubhasiz o'zga sayyoradan kelishgan. Ularda umuman boshqaga texnika va taktika bor. Yigitlarimning aytishicha, ular shu sabab o'yinni o'zgartira olmaganlar. Biz bor kuchimizni ishga soldik, zaxiradan ham to'liq foydalandik, afsuski 5ta gol ham o'tkazib yubordik", - deydi Varrella.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar