So’nggi yangiliklar

11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  0 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  44 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3

Samvel Babayan: "Navbahor" g'alabaga yaqinroq edi. "Paxtakor" murabbiyining fikri menga umuman qiziq emas" (matbuot anjumani) Yangiliklar

Samvel Babayan: "Navbahor" g'alabaga yaqinroq edi. "Paxtakor" murabbiyining fikri menga umuman qiziq emas" (matbuot anjumani)

Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.





"Taxmin qilinganidek o'yin hech kimni etiborsiz qoldirmadi. CHempionatning ikki lideri o'rtasidagi bahs bo'ldi. Menimcha bugungi bahs darajasi Osiyo chempionlar ligasi bilan baravar bo'ldi. Bugun g'alabaga yaqinroq edik, agar ikkinchi taymda qulay imkoniyatlardan foydalana olganimizda 3 ochko olardik. Umuman olganda yigitlarning shijoati va futbolchilarimning o'yin sifati qoniqtirdi. Kiyim almashtirish xonasida aytgan gaplarimizni barchasini maydonda amalga oshirishdi", - dedi Samvel Babayan.

- Yaxshiboev bugun nega qaydnomada yo'q edi?

- Jasurning buvisi ayni paytda og'ir kasal. Aynan buvisi Jasurning futbol bilan shug'ullanishiga sababchi bo'lgan. Buvisi yoshligida qo'lidan ushlab futbolga olib borardi. Jasur hozir oilasi davrasida. Bunday holatda uni tushundik va javob berdik.




- Kubok doirasidagi bahsdan oldin qandaydir taktik o'zgarishlar qilasizmi?

- Kubok bahsi haqida gapirishga hali erta. Sababi bugungi o'yinni tahlil qilishimiz kerak. O'z maydonimizda, muxlislarimiz bilan birga "Paxtakor"ga qarshi o'ynaymiz, baribir kubok doirasida qaysidir bosqichda to'qnash kelishimiz mumkin edi. Demak bu chorak finalda sodir bo'lar ekan. Mavsumni bezab beradigan yana bitta qiziqarli o'yin bo'ladi. SHunday ekan kubok uchrashuviga maksimal tarzda tayyorgarlik ko'ramiz.

- Bugun aynan qanday sabablar tufayli g'alaba qozona olmadingiz?

- Sababi "Paxtakor" futbolchilarining sifati. Bugungi kunda bu klub terma jamoaning o'zagini tashkil etadi. Biz ko'rsatgan o'yin esa yigitlarimiz yuqori darajada o'ynay olishlari va natijaga erisha olishlarini ko'rsatishdi.

- "Navbahor" hisobni ochgach, darhol himoyaga yotib olgandek ko'rindi. SHu bois raqib gol urdi...

- Gol o'tkazgan vaziyatda raqib pozicion hujumda edi, chap qanot himoyasida bir-birlarini o'rnini to'ldira olmadi. SHu bois raqib futbolchisi erkin harakat qildi. Biz yuqori pressing namoyish etdik, raqib himoyachilariga bosim qildik. Ertami-kechmi bunday yuqori saviyadagi futbolchilar tashabbusni o'z qo'liga olishi shubhasiz. Faqat gol o'tkazgan vaziyatni hisobga olmaganda pozicion himoyalanishni yaxshi amalga oshirdik.




- SHackix bugun "Paxtakor" ikki ochko yo'qotdi deb aytdi, bunga sizning munosabatingiz qanday?

- Boshida aytdimku, ikkinchi taymda biz gol urishga yaqin edik. Endi "o'ldirilmagan ayiqning terisini bo'lish"ning foydasi yo'q. Statistika bor, turli faktlar bor. SHu bois shaxsan mening fikrimcha biz g'alabaga yaqin edik. Raqib bosh murabbiyining fikri esa menga umuman qiziq emas. Barcha maydondagi futbolni ko'rdi.

Ko'pchilikka "Navbahor"ning o'yini qiziq edi. Menimcha o'yin sifati bo'yicha raqobatbardosh jamoaga aylandik. Balki qaysidir joylarda xato qilgandirmiz, ammo yaratgan barcha narsa o'zimizniki. Qiladigan ishlarimiz bor, kubok o'yinigacha ko'p xatolarimizni to'g'rilashga harakat qilamiz.

- "Paxtakor" darvozasiga gol urilganida hissiyot bilan nishonlamadingiz. Bu "Paxtakor"ga bo'lgan hurmat tufaylimi?

- Sababi hali o'yin tugashiga ancha vaqt bor edi. Hali ish oxiriga etmagandi. Hurmat qilishga kelsak, barcha biladi mening DNK bu "Paxtakor". Uning tarixiga hurmatim doim baland, sababi o'zim uning bir qismi bo'lganman. Menimcha doim hissiyotlarni ushlab turish kerak.

- "Paxtakor" bugun 3 nafar markaziy himoyachi bilan boshladi. Siz bunday syurprizni kutganmidingiz?

- Agar raqib sxemani almashtirsa va himoyani kuchaytirsa kim g'alabaga yaqinroq ekani haqida gapirishga hojat bormi? Albatta biz uchun kutilmagan hol bo'ldi, ammo qanotlardagi o'yinda bizga yordam berdi. Kubok bahsida kuchli jamoa g'olib bo'lsin!


Reyting: -41   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика