So’nggi yangiliklar

15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  0 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  21 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10

Samvel Babayan mavsum oxiriga kelibgina U-21 jamoasi haqida tanqidiy fikr bildirdi Yangiliklar

Samvel Babayan mavsum oxiriga kelibgina U-21 jamoasi haqida tanqidiy fikr bildirdi

Kecha Osiyo chempionlar ligasi 5-turida "Navbahor" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qildi.

Ushbu o'yindan keyingi matbuot anjumanida "lochinlar" ustozi Samvel Babayan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Savollardan biri quyidagicha bo'ldi: - Rotaciya haqida gapirdingiz. Lekin bizningcha "Nasaf", "Paxtakor" kabi azaliy raqiblar bilan solishtirsak, "Navbahor"ning zaxira o'rindig'i eng kuchlisi. Aynan qaysi poziciyalarda sizga o'yinchilar etishmayapti?

Samvel Vyacheslavovich esa bu savolga quyidagicha javob qaytardi:

"Zaxiramizda yosh futbolchilar o'tiribdi. Yoshlar jamoasida o'ynaydigan futbolchilarimiz o'z musobaqasida so'nggi o'rinda borishmoqda. Ular hali chempionlar ligasiga tayyor emas. CHempionlik darajasiga mos futbolchilar jalb etishimiz kerak".


Ha, murabbiy to'g'ri aytdi U-21 chempionatida "Navbahor" jamoasi 25ta o'yindan 17 ochko to'plab 14ta klub orasida 14-o'rinni egallab turibdi. "Navbahor-Farm" esa Pro ligada ishtirok etdi va 11ta klub orasida 9-o'rinni egalladi.

16 avgust kuni saytimizda "Navbahor-Farm" va "Navbahor" U-21 jamoalarining ahvoli og'irligi haqida maqola chiqqandi. O'sha maqolada yoshlar jamoalariga etibor pastligi, aprel oyidan buyon maosh olinmagani, yashash sharoitlaridagi qiyinchiliklar haqida yozilgandi. Ammo bilishimizcha Namangan viloyati hokimligi ham, "Navbahor" klubi ham yoshlar jamoasiga etibor qaratishmadi. Har holda noyabr oyida ham shu jamoa azolari hamon pullarimizni berishmadi, lekin asosiy tarkibga OCHL uchun katta xarajatlar qilinmoqda deb murojaat qilishdi.

Namangan hokimligi o'z pullarini asosiy va yoshlar jamoasiga qanchadan taqsimlashiga aralasha olmaymiz. Lekin yil boshida O'FA bilan kelishilgan smetada yoshlar jamoasiga qanchadir pul ajratilishi haqida band bo'lsa kerak. Poydevorni (yoshlar jamoasini) mustahkam qilmay turib, bino tashqi ko'rinishiga (asosiy tarkibga) qancha pul tiksangiz ham yakun nima bo'lishini ko'pchilik yaxshi biladi.

"Paxtakor" va "Lokomotiv"da ishlaganida Samvel Babayan asosan yoshlarga etibor qaratar edi. Ammo Namanganda negadir bu falsafasidan chekingani odamni xafa qiladi. Sababi Samvel Babayan yosh futbolchilarga qo'rqmasdan ishonib, ularni terma jamoa darajasiga olib chiqa oladigan inson hisoblanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика