So’nggi yangiliklar

17:53Суперлига. "Пахтакор" - "Сурхон": Асосий таркиблар маълум  2 17:23ПРО-Лига. "Олимпик-MobiUz" - "Машъал": Асосий таркиблар маълум   0 17:12Ўзбек "Эл Классико"си ва "Навбаҳор" - "Насаф" баҳси қачон ўтказилади? Суперлиганинг сентябрь ойи тақвими  10 16:23"Челси"да Стерлингдан 7-рақамини олиб қўйишди. Футболчининг ўзи ҳам кетишга жамоа қидирмоқда  4 15:49"Барселона" катта қийинчилик билан олиб келган футболчисини рўйхатдан ўтказолмаяпти  6 15:02Серхио Рамос "Ал Насср"га ўтаётганига ишора қилди  3 14:21ОФК профессионал футбол бўйича семинар ташкил этди  1 13:44"Реал" ярим ҳимоячиси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  1 13:00"Ал Насср" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи" — Фабрицио Романо  1 12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  2 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  40 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  14 11:42Гюндоган тунда "Барселона" лагерини тарк этди ва Англияга учиб кетди  11 11:21Неймар "Барселона"га қайтиш учун ҳамма нарсага тайёр  11 11:05"Ал Ҳилол" яна бир ТОП трансферни амалга оширмоқда  4

Samvel Babayan: “Mashg'ulotimizga keling va yigitlar qanday ishlayotganini ko'ring” Yangiliklar

Samvel Babayan: “Mashg'ulotimizga keling va yigitlar qanday ishlayotganini ko'ring”

“Paxtakor” birinchi davraning oxirgi turida “Bunyodkor”ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan holda tanaffusga chiqib ketdi.
O'ziga yarasha qiziqarli kechgan bahsda “Bunyodkor” raqibiga qarshi aytarli hech narsa qila olmadi. Aytish mumkinki, “Paxtakor” haqli ravishda g'alaba qozondi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etgan klub bosh menejeri Samvel Babayan jurnalistlarning savollariga atroflicha javob qaytardi.

Yaxshi bilasiz, Samvel Babayandan intervyu olish oson emas. U kishi asosan yilda ikki marta katta intervyu beradi: mavsum boshida va oxirida. O'zbekiston Kubogi yarim finalidan o'rin olgan “Lokomotiv”ga qarshi bahslardan keyingi matbuot anjumanida “Paxtakor”dan Samvel Babayan o'rniga Viktor Jalilov ishtirok etgandi. Biz buni to'g'ri tushundik, chunki jamoang yutqazar ekan, albatta afsus chekasan. Ammo “Bunyodkor” bilan o'yindan so'ng anjumanlar xonasiga Samvel Babayanning o'zi kirib keldi.

U kishi avvalo kechikib kelgani uchun uzr so'radi. SHundan keyin savol-javoblarga o'tildi. SHuni aytish lozim, savol-javoblar ancha samimiy va qizg'in kechdi. Samvel Babayan shoshib turgan bo'lishiga qaramay, OAV vakillarining savollariga atroflicha javob qaytardi.

-   Avvalo kechikib kelganim uchun uzr so'rayman, - deya so'z boshladi Samvel Vyacheslavovich. - Bilasiz, bugun birinchi davraning oxirgi o'yinini o'tkazdik, endi futbolchilarga dam berishimiz kerak, shu bois jamoa azolari bilan keyingi rejalarni gaplashib oldik. Braziliyada jahon chempionati ketayotgani bois o'zimizning futbolga qiziqish biroz tushib qolganini tushunaman. Lekin muxlislarga bir gapni aytmoqchiman, TV orqali yozib olingan holatda bo'lsa ham o'yinni ko'ringlar, zerikib qolmaysizlar. Bugun maydonda O'zbekistonning oxirgi yillardagi eng kuchli ikkita jamoasi kurash olib bordi. Futbolchilarimiz o'z kuchlarini namoyish etib, “Bunyodkor”dan kuchli ekanligini va turnir jadvalida yuqori o'rinda borishayotganini namoyish etishdi. Buning uchun ularga rahmat aytmoqchiman.

-   “Paxtakor” sizning boshchiligingizda chempionlik uchun kurash olib bormoqda. SHunga qaramay, jamoaga murabbiy kerak deb hisoblamaysizmi: natija ko'rsatish uchun emas, o'yinchilarning mahoratini oshirish uchun?
-   (Biroz o'ylanib). Bu borada shuni aytishim mumkin, biror kun vaqt topib “Paxtakor” mashg'ulotiga keling va yigitlarning qanday ishlayotganiga etibor bering. Ishonasizmi, biz har bir futbolchi bilan individual tarzda alohida ishlaymiz. Ularga kamchiliklarini birma-bir tushuntirib beramiz. Masalan, Igor Sergeevni olaylik. U bugun ikkita gol urdi, avvalgi o'yinlarda to'p kirita olmaganiga kelsak, bu shunchaki omad yuz o'girishi bo'ldi. Men har doim Igorni kuchli hujumchilardan biri deb kelganman va hozir ham shu fikrimda qolaman. Biz har bir o'yindan keyin futbolchilarning harakatini diqqat bilan o'rganib chiqamiz. Yana Igor Sergeev misolida aytadigan bo'lsam, u bazan mashg'ulotlarda butun jamoa bilan shug'ullanmaydi, balki nima qilishi lozim bo'lsa, alohida o'sha kamchilik ustida bir o'zi ishlaydi. Murabbiylar shtabimizda malakali mutaxassislar ish olib bormoqda va ularning mehnati klubimiz rahbariyatini qoniqtirmoqda, shunday ekan, hozircha o'zgarishlarga muhtoj emasmiz.

-   “Paxtakor” futbol maktabidan chiqayotgan yoshlar haqida to'xtalib o'tsangiz.
-   Etibor bergan bo'lsangiz, “Bunyodkor” bilan o'yinda asosiy tarkibning etti nafar o'yinchisi o'zimizning tarbiyalanuvchilar bo'ldi. Bundan xursandmiz, lekin shu ko'rsatkich bilan to'xtab qolish niyatimiz yo'q. Futbol maktab tarbiyalanuvchilariga oldiga o'ta jiddiy talablarni qo'yamiz. Sen hali yosh ekansan, ozroq vaqt kerak deb qarab o'tirmaymiz, talabni hammaga bir xil qo'yamiz.

-   O'zbek futbolida o'yinchi necha yoshgacha yosh hisoblanadi? Bazan 20ga kirgan bo'lsa ham yosh deymiz, bazan 23ni ham yosh deymiz.
-   Futbolchi toki asosiy tarkibning muqim azosi bo'lmas ekan, doimo yosh bo'lib qolaveradi. Masalan, Jamshid Boltaboevni olaylik, u bemalol “Bunyodkor”ga qarshi asosiy tarkibda tushishi mumkin edi, lekin murabbiylar shtabi bilan boshqacha qarorga keldik. Bizda yosh futbolchilarga nisbatan hech qanday chegirma yo'q, o'yinga tayyormi tushadi, tayyor bo'lmasa o'z vaqtini zaxirada kutadi. Oliy liga - bolalar futboli emas, bu erda yosh emas, professional futbolchi o'ynaydi. SHuning uchun shaxsan o'zim sen hali yosh ekansan deb qarab o'tirmayman, oliy ligada to'p tepishga tayyor bo'lsa maydonga tushiraveraman. Aytib o'tganimdek, biz hammaga talabni bir xil qo'yamiz.

-   Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol. “Paxtakor” Aleksandr Geynrixni qaytarishga harakat qilib ko'rmadimi?
-   Yashirishning hojati yo'q, Sasha Geynrixni hammamiz hurmat qilamiz. Menga malum bo'lishicha, u “Lokomotiv”ga erkin agent sifatida ko'chib o'tibdi va yarim yillik shartnoma tuzgan. Biz Geynrixni “Paxtakor”ga qaytarishimiz mumkinmidi? To'g'risini aytsam, bu haqda ko'p o'ylaganimiz yo'q. Geynrix - kuchli hujumchi, lekin biz o'z yo'limizni tanlaganmiz va shu yo'ldan ketyapmiz. Bundan tashqari, uning yoshini ham inobatga oldik. Geynrixdek hujumchini o'z tarkibingga qo'shib olish uchun u bilan yaxshi shartnoma tuzishing kerak bo'ladi, yani futbolchi moddiy tomondan hammasi joyida bo'lishini xohlaydi. Biz masalaning bu tomonini ham etiborga oldik. Geynrix “Lokomotiv”ga o'tishni maqul ko'rdi va men uning qarorini hurmat qilaman.

-   “Lokomotiv” bilan kechgan Kubokning yarim final o'yinlari haqida nima deya olasiz? Siz har ikkala bahsdan keyingi matbuot anjumaniga kirmadingiz, shu bois fikringizni bilish qiziq tuyulyapti.
-   Alohida vaziyatlar bo'yicha olib qaraganda “Lokomotiv”dan kuchsiz edik deya olmayman. Ammo bazi joylarda yo'l qo'yilgan xatolar Kubokdan chiqib ketishimizga sabab bo'ldi. Lekin ikkala o'yin natijasiga ko'ra “Lokomotiv”dan kuchsiz edik deb aytolmayman. Etibor bering, birinchi davrani biz ham 33 ochko bilan tugatdik. Agar jurnalistlar diqqat bilan yondoshib, obektiv fikrlarini aytadigan bo'lishsa, “Paxtakor”ning hozirgi kunda O'zbekistonning eng kuchli jamoasi ekanligini etirof etishadi.

Xayrulla Xoliqov yozib oldi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика