So’nggi yangiliklar

02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  1 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  2 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  0 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  41 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  22 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  8 19:18Суперлига. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6

Xayrulla Xoliqov: Elit chempionlar Ligasi nima beradi? Yangiliklar

Xayrulla Xoliqov: Elit chempionlar Ligasi nima beradi?

20 yil "yashagan" Osiyo chempionlar Ligasi tugatilib, bu musobaqa o'rniga OFK Elit chempionlar Ligasi tashkil qilindi.

Demak, 16 sentyabrdan boshlab OFKning klublar o'rtasidagi yangi eng katta musobaqasi - Elit chempionlar Ligasi start oladi. Ushbu turnirda jami 24ta jamoa ishtirok etadi: G'arb minataqasidan 12ta, SHarq mintaqasidan ham 12ta.

Turnirning ilk mavsumida O'zbekiston sharafini amaldagi chempion"Paxtakor" himoya qiladi. Xabaringiz bor, 16 avgust kuni Elit chempionlar Ligasiga qura tashlandi va "Paxtakor" o'z raqiblarini bilib oldi.

Elitning OCHLdan farqi

Yangi musobaqaning avvalgi Osiyo chempionlar Ligasidan bir nechta farqi bor. Birinchisi - jamoalar soni. Bilamizki, OCHL bir necha yil davomida 32ta klub ishtirokida o'tkazib kelindi. Hatto oxirgi mavsum 40ta jamoa qatnashdi. Hozirgi Elit chempionlar Ligasida qitaning eng kuchli 24 klubi kurash olib boradi.

Ikkinchisi - jamoalarning guruhga bo'linmasligi. Musobaqa faqat SHarq va G'arbga bo'lingan holda o'tkaziladi. Qolaversa, 12ta jamoa turli klublarga qarshi jami 8ta o'yin o'tkazadi, 4ta uyda va 4ta mehmonda. Lekin ochkolar bitta guruh shaklida hisoblab boriladi va yakuniy turdan so'ng 8ta jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi.

Uchinchisi - musobaqaning final bosqichi markazlashgan tartibda bir mamlakatda o'kazilishi. Yani chorak finaldan boshlab barcha o'yinlar Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Bu 2025 yilning 25 aprelidan 4 mayga qadar davom etadi. Bunda SHarq ham, G'arb ham Saudiya Arabistonida o'ynaydi: chorak final, yarim final va final bahsiga aynan Saudiya mezbonlik qiladi.




Nima uchun Saudiya Arabistoni?


Osiyo chempionlar ligasining yaxshi tomoni muxlislar o'z suyukli jamoalari ishtirokidagi uy o'yinlarni bemalol stadionga borib kuzatish imkoniga ega bo'lishardi. Jamoa hatto finalga chiqqan taqdirda ham, final 2ta uchrashuvdan iborat bo'lar va bittasi albatta shu jamoa maydonida kechardi. Endi bo'lsa vaziyat o'zgardi. Aytayliik, "Paxtakor" 8talikka kirib, keyinchalik nimchorak finaldan o'tsa qolgan o'yinlarni Saudiya Arabistonida o'tkazadi.

Nega aynan Saudiya Arabistoni? CHunki hozirgi paytda OFKni eng katta moliyalashtirayotgan Saudiya Arabistoni bo'lib turibdi. Katta ehtimol bilan Elit chempionlar Ligasining mukofot jamg'armasi-yu, klublarga to'lanadigan pullar ham Saudiyaning NEOM - kelajak uylari kompaniyasi tomonidan ajratilgan. Pulini to'lagan qo'shiqqa buyurtma beradi deganlaridek, Saudiya Arabistoni chorak finaldan boshlab markazlashgan musobaqani maqul bildi va OFK ham bunga ko'ndi.

Vaholanki, markazlashgan musobaqani karantin paytida ko'rgandik. Lekin hozirgi davrda buning nima keragi bor, shuni tushunmayapmiz. Saudiya Arabistoni o'zida turli sport turlarini qabul qilib, butunjahon etiborini tortishga harakat qilyapti. Bu davlatda Ispaniya va Italiya Superkubogidan tashqari, masalan UFC ham tashkil qilindi.

Saudiya Arabistonida "Vision 2030" loyihasi ishlab chiqilgan bo'lib, 2030 yilgacha juda ko'p sport turlari shu mamlakatda bo'lib o'tishi kerak va shu orqali Saudiya Osiyoda tengsiz ekanini barchaga ko'z-ko'z qilishi lozim. Ushbu loyiha shaxsan Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmon nazorati ostida.




Nega markazlashgan?


Yangi Elit chempionlar Ligasining chorak final, yarim final, va final o'yinlari markazlashgan tartibda o'tkazilishi baribir tushunarsiz holat bo'lib qolyapti. Axir musobaqaning asl "qaymog'i" shu o'yinlar-ku. Mayli, Saudiya Arabistonida sharoit zo'r ham deylik, lekin eng asosiy savol: stadion to'ladimi? Stadion to'ldirildi ham deylik, boshqa davlatlardan ishqibozlar kelishi-chi? Bu qanday hal bo'ladi? Nari borsa 500ta kelar, lekin bu juda kam degani emasmi?

Masalan, Eron klublari - "Istiqlol" va "Persepolis" kuchli to'rtlikka kirsa eronlik muxlislarning Saudiyaga borishi juda katta muammoga aylanadi. Negaki har ikki davlat orasidagi siyosiy vaziyat yaxshi emasligini bilamiz. Kimdir moliyaviy holat tufayli ham bora olmasligi mumkin. Qiziq, OFK bu haqda o'ylab ko'rganmikin?

Karantin paytida hammasi tushunarli edi. OCHL zo'rg'a tashkil qilinib, Qatarda o'tkazilgandi. Ammo hozirgi vaziyatda hammasi faqat Saudiya Arabistoni uchun qilinganga o'xshab qolyapti. Tasavvur qiling, jamoangiz finalda, lekin borib ko'ra olmaysiz. Bu holat istalgan klub muxlisi bilan ro'y beradi. U xoh o'zbek, forsiy, arab, koreys va yapon bo'lsin. CHunki hammada ham imkon yo'q.

To'g'ri, Saudiya Arabistoni musobaqani bekamu-ko'st o'tkazib bera oladi, bunga shubha yo'q. Lekin futbolda eng asosiysi muxlislar emasmi? Ispaniya va Italiya Superkuboklari o'tkazilgan mahal u erda nomlar bor edi: "Real", "Barsa", "Yuventus", "Milan" va hokazo. SHuning uchun stadion to'ldi. Ammo Osiyo klublari saudiyalik ishqibozlar uchun qiziq emas. Masalan, "Ulsan Xyunday" bilan "Yokogama" kimga qiziq? Yoki bo'lmasa "Al Sadd" bilan "Persepolis"ning o'yiniga kim kiradi? Ularga faqat o'z klublari qiziq va buni to'g'ri tushunish kerak.

Masalaning shu tomonlarini o'ylab Elit chempionlar Ligasi zo'r bo'lib ketishiga shubha tug'iladi. Darvoqe bu musobaqaning bitta yaxshi tomoni bor - mukofot pullari katta. SHu o'rinda yana bir savol o'ylantiradi: bu yil Saudiya Arabistoni final bosqichiga mezbonlik qilsa, keyingisi qanday bo'ladi? Yana markazlashgan bo'ladimi yoki uy-mehmonga qaytamizmi? Agar markazlashgan format saqlanib qoladigan bo'lsa, mezbonlik yana Saudiya zimmasida bo'ladimi yoki boshqa davlatga beriladimi? Bu yi Saudiyadan 4ta klub turnirda qatnashishi ularning chempion bo'lish imkoniyatini oshirmaydimi? Xulosa o'zingizdan.

X.Xoliqov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика