"CHelsi"da Sterlingdan 7-raqamini olib qo'yishdi. Futbolchining o'zi ham ketishga jamoa qidirmoqda
22 avg 2024 16:23
Yangiliklar
"CHelsi"da Sterlingdan 7-raqamini olib qo'yishdi. Futbolchining o'zi ham ketishga jamoa qidirmoqda
Londonning "CHelsi" klubi Raxim Sterling bilan imkon qadar tezroq xayrlashmoqchi.
Sterlingdan 7-raqamini olib qo'yishdi va klubning yangi futbolchisi Pedru Netuga topshirishdi. Etiborlisi, bir necha kun avval "Siti"ga qarshi o'yinda portugaliyalik 19-raqamli futbolkada maydonga tushgandi.
Raxim oxirgi vaqtlarda uyda, individual tarzda shug'ullanmoqda. "Man Siti"ga qarshi bahsda u hatto qaydnomaga ham kiritilmadi.
Saudiya Arabistonidan taklif borligiga qaramay, Sterling oilasi qulayligi va Angliya terma jamoasida to'p tepish niyatida ekanligi sababli Osiyo tomon oshiqmayapti. SHu sababli, Raxim APLning boshqa bir klubiga ko'chib o'tishni istamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar