So’nggi yangiliklar

20:07Суперлига. "Пахтакор" - "Сурхон" 0:1 (Матнли трансляция)   36 19:40Уэйн Руни профессионал футболчилик фаолиятини тиклайдими?  0 18:40Эшитдик-да! Ўзбек футболида яна бир тарихий воқелик бўлиши кутилмоқда  20 18:24"Арсенал" ПСЖ сотиб олмоқчи бўлган ҳужумчини илиб кетади чоғи  2 17:23ПРО-Лига. "Олимпик-MobiUz" - "Машъал": Асосий таркиблар маълум   0 17:12Ўзбек "Эл Классико"си ва "Навбаҳор" - "Насаф" баҳси қачон ўтказилади? Суперлиганинг сентябрь ойи тақвими  32 16:23"Челси"да Стерлингдан 7-рақамини олиб қўйишди. Футболчининг ўзи ҳам кетишга жамоа қидирмоқда  5 15:49"Барселона" катта қийинчилик билан олиб келган футболчисини рўйхатдан ўтказолмаяпти  6 15:02Серхио Рамос "Ал Насср"га ўтаётганига ишора қилди  3 14:21ОФК профессионал футбол бўйича семинар ташкил этди  1 13:44"Реал" ярим ҳимоячиси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  1 13:00"Ал Насср" бразилиялик ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи" — Фабрицио Романо  1 12:30"Челси" ярим ҳимоячиси: "Жоау Феликсни жамоада кўришни истамайман. У жонимга тегди"  2 12:08МТРК муҳим мусобақа трансляциясини сотиб олганини эълон қилди  41 11:56Хайрулла Холиқов: Элит чемпионлар Лигаси нима беради?  40

Superliga. "Paxtakor" - "Surxon" 0:1 (Matnli translyaciya) Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" - "Surxon" 0:1 (Matnli translyaciya)

Superliganing 14-turning qoldirilgan "Paxtakor" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz ham mumkin.

YANGILASH


50-daqiqa. Yana fol, yana keskin harakatlar. Bu safar har ikki jamoa azosi maydonga quladi. 

48-daqiqa. Maydon markaziga yaqin zonada fol. Avvaliga Abdurauf Bo'riev maydonga yiqildi, ammo hakam o'yinni davom ettirishni so'radi. Oradan soniyalar o'tib esa "Paxtakor"chilar ham keskin harakat bilan javob berishdi. Bo'riev maydonda yotibdi. 

46-daqiqa. O'zgarish! SHerzod Azmiddinov o'rniga Kimi Merk o'yinga qo'shildi!

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3-daqiqa. Hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi! Hozircha "Surxon" minimal hisobda oldinda!

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi

43-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam o'yinni cho'zgani uchun Merganovga birinchi bo'limning o'zidayoq sariq kartochka ko'rsatdi!

42-daqiqa. Nodirxon Nematxonov ishonchli harakat qildi va raqib to'p bilan oldinga o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi. 

40-daqiqa. Hojiakbar Alijonov o'z qanotidan bir raqibini aldab, jarima maydonchasiga yorib kirgandi, lekin ikkinchi raqib to'pni qaytarib yubordi.  

38-daqiqa. Abdug'afur Haydarov jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga kuch etishmadi. 

37-daqiqa. "Paxtakor" futbolchilari yana bir bor o'yindan tashqari holatda deb topildi. 

35-daqiqa. Ogohlantirish! Doniyor Abdumannopov sariq kartochkaga loyiq ko'rildi!

33-daqiqa. "Surxon" kombinaciya orqali raqib darvozasiga yana xavf solishga urindi, ammo oxiriga pallada "sherlar" zarbaga imkon qoldirishmadi.   

32-daqiqa. Burchak zarbasidan esa mehmonlar naf chiqara olishmadi. 

31-daqiqa. Jarimadan to'p to'g'ri darvozaga yo'llandi va Pavel jamoasini qutqarib qoldi. Zarba muallifi - Sunnatullox Xamidjonov.

29-daqiqa. Ogohlantirish! Mezbonlar kiperi Pavel Pavlyuchenka qarshi hujumga qochib ketayotgan Abdug'afur Haydarovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam darvozabonga sariq kartochka ko'rsatdi.

27-daqiqa. "Paxtakor" hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, ammo himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishni uddaladi. 

25-daqiqa. Demak, o'yin davom etadi.

Hakam futbolchilarga suv ichib olish uchun imkoniyat bermoqda!

23-daqiqa. GOOOOOOOOL! Jahongirbek Abdusalomov imkoniyatdan unumli foydalandi va "Surxon"ni oldinga olib chiqdi!

Hakam "VAR"xonadagi hamkasblari bilan aloqaga chiqdi. Yo'q, dastlabki qaror o'z kuchida qoldi - penalti! 

21-daqiqa. PENALTI! Jarima maydonchasi ichidagi kurashda Abdurauf Bo'riev raqibga zarba berib yuborgandek... Hakam darhol nuqtaga ishora qildi. 

18-daqiqa. "Paxtakor" malum vaqt to'pni o'zida ushlab turdi va chap qanotdan oldinga o'tdi, raqiblarini chalg'itishga uringan Dostonbek Hamdamov to'pni markazroqdagi sherigiga uzatdi, lekin Abdurauf Bo'rievning uzoq masofadan amalga oshirgan zarbasi qanchalik kuchli bo'lsa, shunchalik noaniq bo'ldi.  

15-daqiqa. Toshkentliklar bu safar chapdan hujumga o'tishdi va to'p jarima maydonchasiga uzatildi, lekin Abdumannopov havodagi to'pga eta olmadi hamda bu safar ham offsayd bo'lgan ekan.

14-daqiqa. "Surxon" to'pni nazorat qilmoqda va hujum uchun variantlar izlayotgandek.  

11-daqiqa. "Paxtakor" o'ng qanotdan oldinga o'tdi, lekin Abdumannopov qanchalik urinmasin to'pga o'zi istagandek yo'nalish bera olmadi. Bu vaziyatda faol harakat qilgan va raqibiga bo'shliq qoldirmagan kiperni ham takidlash lozim. Qo'shimchasiga, yon chiziqdagi hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.   

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! 

Ayni daqiqaga kelib har ikki jamoa asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurdi.


"Paxtakor" — "Surxon" 0:1
Gol: Jahongir Abdusalomov (23)
22.08.2024. 19:00
"Jar" stadioni, Toshkent
Bosh hakam: Akmal Rahimov
Yordamchi hakamlar: Oybek Kalaxo'jaev, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Jaloliddin Xusniddinov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Vladimir Nazarov

"Paxtakor" — 35.Pavel Pavlyuchenka, 3.SHaxzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Xamraliev, 7.Xojiakbar Alijonov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Umar Adxamzoda, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 33.Doniyor Abdumannopov
Zaxira: 12.Validmir Nazarov, 2.Bexruzbek Asqarov, 6,Muhammadali O'rinboev, 8.Diyor Xolmatov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 40.Kimi Merk, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov, 99.Ulug'bek Hoshimov.

"Surxon" — 86.Davron Merganov, 3.Sunnatullox Xamidjonov, 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Xumoyun SHerbo'taev, 10.Dmitriy Pletnyov, 11.Abdug'afur Haydarov, 17.Jahongirbek Abdusalomov, 27.Asilbek Jumaev, 66.Bexro'z SHaydulov.
Zaxira: 25.Maksim Murkaev, 2.Bobirjon Asqarov, 6.Behzod SHamsiev, 14.Sarvar Abduhamidov, 15.Diyor Ramazonov, 19.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 22.Javohir Jo'raev, 23.Egor Krimec, 77.Asadbek Karimov.


Paxtakor

Superliga. 14-tur

22/08/2024, 19:00

1
:
0
1-bo'lim

Surxon

Jahongir Abdusalomov - 23'

45'
90'
23'  Jahongir Abdusalomov

Reyting: +3   

Fikrlar

+13   
22 avg 19:25:25
Ris Jeyms
Malades Surxonm oLGaa
+9   
22 avg 19:29:37
Uzbekiston Uzbekiya
Xakam va vardagilarga Jaxongir Ortiqxujayiv tel qilmasa Surxon yutadi
+9   
22 avg 19:29:11
Kola Liga
Пахтакор дарвозабонига иккиланмай кизил берилиши кк
+7   
22 avg 19:35:46
Uzbekiston Uzbekiya
Surxon yaxshiroq uynayapdi
+7   
22 avg 19:33:42
Уз.
Эя койилей Сурхон ютябтими
+6   
22 avg 19:53:31
Arslan
Surhonga omad! faqat galaba qazonsin 21 yilik tarixni buzup tashlasin
+5   
22 avg 19:57:52
Уз.
Барибир сохтакорга ён бости варатарига кизил бериш керак эди
+5   
22 avg 19:54:40
ISLAM MURADOV
ПСЖ foydalanuvchining fikriga javob berish
Surxon futbolchisi qarshi xujummi toxtatsa sariq bermadi. Doniyor abdmannopov xujumda sal surxonni ximoyachisini oyogiga teyib ketganiga srazu kartochka korsattiyu acaxaxaxaxax. Pidaraz sudyala kopayb ketti
Penalti bulgam vaziyatda kamida sariq berish kerak edi
Darvozabon yaqqol qizil olish kerak nega bermadi
+5   
22 avg 19:47:00
SHAHZOD
Пахтакор мухлисларига хурмат саклаган холда айтаман, далбаеб шархловчи озрок холис булиб шархласа яхши буларди. Нима бу Пахтакорга мухлислик килиб нагли симпатия билан шархлаябди? Охири русчага утказиб куромман уйинни. Одам бумеди бу шархловчилар. Насаф мухлиси.
+5   
22 avg 19:36:42
Uzbekiston Uzbekiya
Surxon Surxon Surxon
+5   
22 avg 19:33:49
Kola Liga
Сурхон роса кучайибди.элет лигага шуларни жунатиш керак
+5   
22 avg 19:26:57
Kola Liga
Толибжон,пеналтигача бир нима булганди деб адвакатлик килиб котта макола езиб чикинг.ахир пахтакорез счетдаям уйиндаям сурхондан йеб куйябдию бунга кандай чидаб турибсиз
+5   
22 avg 18:22:20
SHAKHRISABZ
Surqash jamoalariga omad
+4   
22 avg 19:36:33
SHAHZOD
Сурхонга омад. Сабаби анча кизикарли уйнаябди клуб. Ўзи бунака клублар хозир дефицит. Аксарият клублар "эконом" режимни йоквоган. Бу эса мухлисларга йокмайди.
+4   
22 avg 19:35:44
Уз.
Нимага кизил бермади яна тошконга босябти судя
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика