Samvel Babayan: "Buxoro"dan umuman boshqacha futbol kutgan edik"
17 may 2014 14:22
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Buxoro"dan umuman boshqacha futbol kutgan edik"
Kecha "Buxoro"-"Paxtakor" (0-0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani o'tkazildi.
Anjumanning dastlabki qismida mehmonlar vakili Samvel Babayan qatnashdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- "Ushbu o'yin menimcha muxlislarga yoqdi,o'ta hayajonli uchrashuv bo'ldi. Uchrashuv so'nggi soniyalarigacha hayajon hech kimda pasaygani yo'q. Umumiy qilib aytadigan bo'lsam, men shogirdlarim ko'rsatgan o'yinidan qoniqish hosil qildim.
Faqatgina bitta kamchilik, maydon holati maqtovga loyiq emas. Men hayronman,mana necha yildirki, nahotki Buxorodek shaharda bitta sifatli futbol maydonini tayyorlay olishmasa? SHunga qaramay shogirdlarim ko'plab imkoniyatlarni vujudga keltirishdi. Hammasiga o'zimiz aybdormiz.
Raqiblarimiz haqida nima deyishim mumkin? Ochig'ini aytaman, "Buxoro"dan umuman boshqacha futbol kutgan edik. Biz tabiiyki, "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvlarini tahlil qildik va bugun biz "Buxoro"dan ancha mazmunli, agressiv va hujumkor o'yin kutgan edik" - deya o'z fikrlarini yakunladi Samvel Babayan.

Fikrlar