So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Samvel Babayan: "Biz faqat g'alaba ilinjida maydonga tushamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Biz faqat g'alaba ilinjida maydonga tushamiz"

Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.

Murabbiyga hujumchi Igor Sergeev hamrohlik qildi.

- 2015 yilgi Osiyo kubogida qatnashgan O'zbekiston va hozirgi O'zbekistonni taqqoslay olasizmi?
Samvel Babayan: - To'g'risi men taqqoslasam to'g'ri bo'lmasa kerak. Buning uchun jurnalistlar, muxlislar va mutaxassislar bor. Tarkibga 8 nafar yangi futbolchi qo'shilgan. Hozirgi jamoamizda ko'plab yoshlar bor. Ular turli Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. Hozirgi va oldingi o'yin uslubimiz haqida gapirish menimcha to'g'ri bo'lmasa kerak.

- Siz Xitoy klubiga ko'chib o'tgach kam gol urdingiz. Bunga sabab nima?
Igor Sergeev: -
Ilk bor xorij klubida o'ynadim. Xitoyda yarim yil o'ynadim. Turli sabablar bo'ldi, o'yin vaqti kam berildi. Bundan tashqari mamlakatga moslashish borasida muammolar bo'ldi. Ko'p gol urishga urinayapman. Terma jamoaga chaqirishsa demak bor kuchingdan ham ko'prog'ini berishing kerak. 2 daqiqaga maydonga tushsang mana shu 2 daqiqadan foydalanib qolish kerak.

- Janubiy Koreya terma jamoasidan qaysi futbolchini eng xavfli deb o'ylaysiz?

- Bu jamoaning deyarli barcha futbolchilari tajribali va Evropaning kuchli klublari safida o'ynashmoqda. O'zimiz uchun xavfli futbolchilarni belgilab olganmiz. Faqat ularning familiyalarini aytmayman.

- Rossiyadagi mundial yo'lida ertangi bahs juda muhim. Janubiy Koreya bilan o'yindan oldin futbolchilarga nima dedingiz?

- Biz uchun har bir bahs juda muhim. Raqib Koreya bo'ladimi yoki boshqami farqi yo'q. Biz faqat g'alaba haqida o'ylab maydonga tushamiz.

- Siz Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi ko'p o'ynagansiz. Misol uchun, yanvar oyida Qatarda ham Janubiy Koreyaga yutqazgan edinglar...Doim kichik hisobda yutqazgansizlar.
Igor Sergeev:
- Qatardagi U-23 Osiyo chempionatini oladigan bo'lsak o'sha o'yinda yutqazmasligimiz kerak edi. O'shanda hakam o'yin taqdiriga tasir qilgan xatoga yo'l qo'ygan edi. Ertaga nihoat g'alaba qozonib bu qora ananaga barham bermoqchimiz.

- Bizning taxminimizga ko'ra O'zbekiston ertaga durang uchun o'ynaydi. Siz bu borada nima deysiz?

- Biz o'yinga o'ziga yarasha taktika tanlab oldik. Futbol vaziyatli sport turi. Maydonda qanday vaziyat bo'lishini oldindan bilib bo'lmaydi. Ishlab chiqilgan taktikamizga qatiy rioya qilamiz.

- Xitoyda koreyalik futbolchilarga qarshi o'ynadingiz.
Igor Sergeev: -
Professional darajada klub yoki terma jamoada o'ynashning farqi yo'q. Koreyalik futbolchilarga qarshi qanday o'ynash kerakligini o'zim uchun aniqlab olganman. Buni hozir aytsam to'g'ri bo'lmaydi. Koreyalik himoyachilarning o'yin uslubini o'rganib chiqqanman.

- Nima uchun Janubiy Koreyaga kech etib keldingiz?

- Biz barchasini hisobga olib chiqqanmiz. Iqlimga moslashish, futbolchilarning bu erga ko'nikishi uchun vaqt etarli. Bu borada hech qanday muammo yo'q. 


O'FF matbuot xizmati

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика