So’nggi yangiliklar

09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  1 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  5 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  7 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1

Samarqandlik muxlislarning yoqimtoyiga aylangan, O'zbekiston fuqaroligini olishga yaqin kelgan nigeriyalik Devid Oniyani xotirlab Yangiliklar

Samarqandlik muxlislarning yoqimtoyiga aylangan, O'zbekiston fuqaroligini olishga yaqin kelgan nigeriyalik Devid Oniyani xotirlab

Tarixda shunday futbolchilar bo'ladiki, qaysi millat vakili bo'lishidan qatiy nazar ishqibozlar uni doim ijobiy xotiralar bilan yodga olishadi.

Ulardan biri yurtimizda obro' va etibor qozongan Afrika qitasining kam sonli futbolchilaridan biri Devid Oniyadir. SHu boisdan saytimiz orqali ushbu futbolchining faoliyatiga nazar solishni lozim topdik.

Devid Faramola Oniya 1985 yilning 5 iyun kuni Nigeriya poytaxti Lagos shahrida ko'p bolali oilada tug'ilgandi. Bolaligidan millionlar o'yiniga mehr qo'ya boshlagan yosh yigitcha faoliyatini Nigeriya ikkinchi divizioni vakili hisoblangan “Dinamik” jamoasida boshlaydi. Bilasiz, qora qitada odamlar asosan och va nochor kun kechiradi. Futbol esa ularni kambag'allikdan olib chiqib ketuvchi bir vosita sanalardi. 2004 yili Devidni Bokuning «Neftchi» jamoasiga taklif etishadi. Oniya u erda 2007 yilga qadar faoliyat yuritadi. Lekin, bo'ydor va jismonan baquvvat futbolchi u erda o'z o'rnini topa olmaydi va zaxira futbolchisiga aylanadi.


2007 yilda Samarqandda yani “Dinamo” jamoasida ajoyib tarkibni shakllantirayotgan Tajmurod Agamurodov legioner xizmatiga ehtiyoj sezadi. Natijada, shu yilning boshida Oniya safga kelib qo'shiladi. CHunonchi, u kelgan ilk mavsumidayoq o'zidan iliq taassurot qoldira olgan, muxlislarning mehrini qozonib ulgurgandi. SHu boisdan klub rahbarlari uni hech qaerga qo'yib yuborishni istashmaydi va olib qolishadi.

Futbolchi to'rt mavsum davomida o'zining ajoyib o'yinlari, samimiy xarakteri tufayli samarqandlik ishqibozlarning suyukli o'yinchisiga aylandi. 100dan ortiq o'yinlarda ishtirok etdi, orqa chiziq vakili bo'lsada bir qancha muhim gollarga mualliflik qildi. Malumotlarga qaraganda o'sha paytda unga O'zbekiston fuqaroligini olib berib milliy terma jamoada ham o'ynatmoqchi bo'lishgan. Biroq, bu ish amalga oshmagandi.

2012 yilda Oniya 2011 yilda “Bunyodkor”ga o'tgani haqida xabarlar tarqala boshlandi. Hattoki, o'zaro rasman shartnoma ham imzolashga ulgurgan, jamoaning qishki yig'inlarida ishtirok etgandim ham. Ammo, hali yangi mavsum boshlanmasdan turiboq o'rtadagi kelishuv bekor qilindi. SHundan so'ng uni ayrim insonlar “Paxtakor” jamoasining mashg'ulotlarida ko'rishganini aytishgandi.


Bu borada “Bunyodkor”ning sobiq vice-prezidenti va boshqaruvchisi Bahrom Bayjanovich Davlatov shunday degandi.

“2011 yilning 1 dekabr sanasida Oniya biz bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkandi. Unga ko'ra, himoyachi 12 dekabrdan mashg'ulotlarga kirishdi. Ammo himoyachi oilaviy sabablar tufayli shartnomani bekor qilishni xohladi”.

Yakunda o'sha yilni jamoasiz o'tkazgan, sport formasini yo'qotgan Oniya keyingi yilgi mavsumni birinchi liga vakili bo'lmish “So'g'diyona”da boshlaydi. 2012 yilning ikkinchi yarimidan etiboran himoyachi “Buxoro” vakiliga aylanadi. Devidning ko'hna shahar jamoasidagi faoliyati yomon kechmadi. Oradan malum vaqt o'tgach jamoaning muhim figuralaridan biri sifatida gavadalana boshladi. Murabbiylar uni ko'proq tayanch yarim himoyasida, mudofaaning turli nuqtalarida sinab ko'rishdi.


2013 yildan so'ng katta islohotlarni va o'zgarishlarni amalga oshirgan Farg'onaning “Neftchi” jamoasi “Buxoro” bilan shartnomasi yakunlangan Devid Oniyani taklif qiladi. Esingizda bo'lsa tarkib keskin ravishda yangilangandi. Ammo, futbolchi yuragidagi muammolar sabab PFL tibbiy ko'rigidan o'ta olmaydi va birinchi davrani maydondan tashqarida o'tkazishga majbur bo'ladi. Ikkinchi davra oldidan o'tkazilgan tibbiy ko'rik yana muvaffaqiyatsiz chiqadi. Natijada bir mavsum umuman maydonda ko'rinish bermaydi. Amalda klub bilan xayrlashib Malayziyaga yani Farxod Tojiev, Sadriddin Abdullaev, Dilshod SHarofetdinovlar to'p tepayotgan “T-Tim” jamoasiga ko'chib o'tadi, murabbiylar unga sardorlik bog'ichini ishonib topshiradi.

2015 yil 13 iyun kuni "T-Tim" safida "Kelantan"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi vaqtida maydonning o'zida vafot etdi. SHunday bo'lsada u buxorolik, samarqandlik muxlislar uchun o'chmas yulduz bo'lib qolaveradi.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика