So’nggi yangiliklar

17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  0 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  9 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  28 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  31 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1

Samandar SHukrullaev: "Taklif bo'lsa kimga tayanaman? Agentim yo'q, murabbiylarim bilan maslahatlashaman" Yangiliklar

Samandar SHukrullaev: "Taklif bo'lsa kimga tayanaman? Agentim yo'q, murabbiylarim bilan maslahatlashaman"

"Mashal" jamoasining kecha "Bunyodkor" stadionida navbatdagi kungi mashg'ulotlarni olib bordi.

Mashg'ulotlardan so'ng jamoaning mahoratli futbolchisi Samandar SHukrullaevning unga bo'layotgan takliflar va boshqa mavzularda fikrlari bilan qiziqdik.

Toshkentdagi yig'in haqida

"Poytaxtdagi yig'inimiz juda yaxshi o'tmoqda. Mashg'ulotlarda jismoniy va taktik tomondan ishlayapmiz. Oldingi uchrashuvlarimiz issiq va noqulay vaqtda o'tganligi uchun ko'p kuch sarflashimizga to'g'ri keldi. Vahimali joyi yo'q. Tanaffus tiklanib olishimiz uchun ayni vaqti hisoblanadi",- deydi Samandar SHukrullaev.

Qiyinchiliklar ortda qoldi

"Ha, mavsumga ispaniyalik murabbiy boshchiligida tayyorgarlik ko'rdik. Ikki murabbiyning falsafasi va uslubi boshqa-boshqa. Aleksandr Xomyakov "Mashal" uchun begona emas. Qiyinchiliklar ortda qoldi. Bundan buyon o'yinimizni mukammal holatga keltirishga harakat qilamiz. Hammasi oldinda",- deydi futbolchi.

 
Yangi chorlovlarga tayyormi?

"O'tgan mavsum tajriba orttirib olishim uchun juda qulay imkoniyat bo'ldi. Murabbiylarimga ishonch bildirishayotgani uchun rahmat aytaman. O'yinimdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilaman. Qiziqish va takliflarga kelsak, hozirda "Mashal" bilan shartnomam bor. Barchasini klub hal qiladi",- deydi Samandar SHukrullaev. 


Kimga tayanadi? Agentlargami yoki o'zi mustaqil qaror chiqaradimi?

"Hozircha agentim yo'q. Agarda takliflar bo'lsa, murabbiylarim bilan maslahatlashib yakuniy qarorni chiqaraman",- deydi Samandar SHukrullaev. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика