So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Samandar Ochilov: "Xo'jand" bilan o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga erishdik" Yangiliklar

Samandar Ochilov: "Xo'jand" bilan o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga erishdik"

"Nasaf" sobiq himoyachisi Samandar Ochilov 2021 yilda Tojikistonning "Xo'jand" klubi sharafini himoya qildi.

Mavsum yakunida uning jamoasi 2-o'rinni qo'lga kiritdi hamda OFK kubogida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Xo'sh, Ochilov navbatdagi mavsumni qaerda o'tkazadi? Bu haqda futbolchi suhbatda aniqlik kiritdik.

"Bu yil "Xo'jand" bilan o'z oldimizga qo'yilgan maqsadga erishdik. CHunki 2-o'rinni egalladik. Kubok finaliga chiqishimiz uchun bir qadam qoldi. Umuman olganda, biz yaxshi natijalar ko'rsata oldik.

Eng qiyin bahslar xususida


- Mavsum davomida hamma o'yinlar qiyin kechdi. Masalan "Istaravshan" bilan kechgan safardagi o'yinimiz qiyin kechdi. "Istiqlol" bilan ham mehmonda durang o'ynadik. Garchi 2-o'rinni egallagan bo'lsak-da, oson g'alabaga erishganimiz yo'q.

"Xo'jand"dagi faoliyati to'g'risida


- Tojikistondan bir mavsum o'ynab men yakka kurashlar va jismoniy tomonlama o'zim uchun ko'p jihatlarni o'zlashtirdim. "Xo'jand"ga kelib xato qilganim yo'q. Aksincha, futbolchi sifatida o'zimga kerakli malakaga erishdim.

Maoshi haqida

- Maosh va mukofat pullarini o'z vaqtida oldik. "Xo'jand"da bu borada hech qanday kamchiliklar kuzatilgani yo'q.

Kelajagi borasida

- Hozircha kelgusida qaysi jamoada to'p tepishim borasida bir qarorga kelganimcha yo'q. Barchasini vaqt ko'rsatadi. Bir nechta takliflar bor. Ko'rib chiqib keyin yakuniy qarorga kelaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика