Legionerlarimiz finalga yo'llanma olishdi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2021, 20:53
Xabaringiz bor, Samandar Ochilov, Firdavs Abdusalimov va Olim Karimov Tojikistonning "Xo'jand" klubida to'p tepmoqda.

"Xo'jand" Tojikiston kubogining yarim finalida "Ravshan"ga qarshi o'ynadi va ikki o'yin natijasiga ko'ra, finalga yo'llanma oldi. Birinchi o'yinda "Xo'jand" 4:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, javob bahsida mezbonlar ustun kelishdi – 2:0. 

Endilikda "Xo'jand" klubi 9 dekabr kuni mamlakat kubogi finali doirasida "Istiqlol"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia