Salohni haqorat qilgan muxlisga jazo tayinlandi
14 okt 2020 19:20
Yangiliklar
Salohni haqorat qilgan muxlisga jazo tayinlandi
“Vest Xem” ishqibozi 2019 yil fevralida “Liverpul”ga (1:1) qarshi uy uchrashuvidagi xatti-harakati uchun jazolandi.
Uchrashuv vaqtida mehmonlar forvardi Muhammad Saloh burchakdan to'pni o'yinga kiritayotgan vaqtida muxlislardan biri unga qarata irqiy kamsituvchi so'zlar bilan baqirgan. Ushbu holat videoyozuvga tushib qolib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketgandi. Keyinchalik “Vest Xem” voqea yuzasidan tergov ishlarini tashkil qildi va dalillarni policiyaga topshirdi.
Misrlikni haqorat qilgan aybdor 48 yoshli Bredli Tamvud ekanligini aniqlandi va u o'z aybini to'liq tan oldi. Sud Bredlini uch yilga stadionlarga kirish huquqidan mahrum etdi va 400 funt jarimaga tortdi. SHuningdek, Tamvud jabrlanuvchi va sudga 125 funt tovon puli to'lashi ham kerak bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar