Saloh Gizada yonib ketgan cherkovni tiklash uchun 150 ming evrodan ortiq xayriya qildi
17 avg 2022 00:40
Yangiliklar
Saloh Gizada yonib ketgan cherkovni tiklash uchun 150 ming evrodan ortiq xayriya qildi
Muhammad Saloh Misrda yonib ketgan cherkovni qayta tiklash uchun katta miqdorda mablag' ajratdi.
14 avgust kuni Gizadagi qiptiylar cherkovida yong'in sodir bo'lib, kamida 41 kishi halok bo'lgan va o'nlab odamlar jarohatlandi.
Misrlik sport jurnalisti Ibrohim Abdil Gavadning xabar berishicha, "Liverpul" forvardi voqeadan ko'p o'tmay cherkovni tiklash uchun uch million misr funti (taxminan 154 ming evro) xayriya qilgan.
Bundan tashqari, misrlik futbolchi baxtsiz hodisadan hamdardlik bildirgan edi.
Fikrlar