Salixova: "Gazizov O'runovning shartnoma shartlari haqida yolg'on gapirgan"
28 jan 2022 15:55
Yangiliklar
Salixova: "Gazizov O'runovning shartnoma shartlari haqida yolg'on gapirgan"
"Spartak" xo'jayini Leonid Fedunning rafiqasi Zarema Salixova yarim himoyachi Oston O'runovning xarid qilinishidagi tafsilotlar haqida gapirdi.
Transfer "qizil-oqlar"ning sobiq bosh direktori SHamil Gazizov qo'l ostida tashkil etilgan.
"Gazizov O'runovni go'yoki "Ufa"dan xarid qilgan. Ufa prokuraturasi klub hisobiga qancha mablag' kelib tushganini ko'rishi kerak.
Dekabrda O'runovning 75 foiz huquqi Gazizovga tegishli ekani malum bo'ldi. Bu mutlaqo moliyaviy firibgarlik. Rasmiy ravishda nega istefoga chiqarildi? U ishonchni yo'qotdi. Qarang, aldovda aldov bor", - deydi Salixova.
21 yoshli O'runov ayni damda ijara asosida "Ufa"da o'ynamoqda. U "Spartak" tarkibida 8ta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar