So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Андижон" - "Қизилқум" (матнли трансляция)  5 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  0 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  0 18:58Суперлига. "Сўғдиёна" – "Хоразм". Таркиблар маълум  0 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  1 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  12 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  16 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  1 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  8 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   15 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0

Salimjon Zokirov: "Iftixor" bilan o'yinning oxirgi 15 daqiqasi qorong'u maydonda bo'ldi" Yangiliklar

Salimjon Zokirov: "Iftixor" bilan o'yinning oxirgi 15 daqiqasi qorong'u maydonda bo'ldi"

“Iftixor” - “Yozyovon-Lochinlari” (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugungi uchrashuv haqida shuni aytish mumkinki, darvozamiza kiritilgan birinchi gol jamoamiz darvozabonining xatoga yo'l qo'yganligi natijasida urildi. Bu gol bizning bugungi uchrashuvga tanlagan rejamizni buzib yubordi, jamoamiz azolari goldan so'ng bir oz tushkunlikka tushib qolishdi. SHuni takidlash joizki, maydon sifati futbol o'ynash uchun talablarga to'la javob bermaydi. Uchrashuv boshlanishidan avval aytgan edim, o'yinni soat 17:00 da boshlaylik, o'yin yakunida qorong'u bo'lib ketadi degandim. Stadion yoritgichlari maydonni yoritish uchun kuchi etmadi. Barchangiz ko'rib guvoh bo'ldingiz, uchrashuvning oxirgi 15 daqiqasi qorong'u maydonda bo'ldi, uchrashuvda oxirgi kiritilgan golni qarang, oddiy vaziyat, futbolchi zarba berdi, darvozabon qorong'uda to'pni ko'rmadi va gol.

Bugungi kunda o'zbek futbolida ijobiy islohotlar olib borilmoqda. Futbolimiz mutasaddilari milliy chempionatlarmiz saviyasini ko'tarish uchun etarli darajada ishlarni tashkil etishmoqda. O'ylaymanki, bugungi urashuvda kuzatilgan muammolar ham tezda barham topadi. Biz endi bu uchrashuvni unutib, keyingi o'yinga jiddiy hozirlik ko'ramiz. “Iftixor” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.      


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика