So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. ОКМК – "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  2 19:33"Қизилқум" — "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  0 19:23"Машъал" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:07Жасур Жалолиддиновнинг янги клуби маълум?!  10 18:40Эндрю Робертсон испан гранди сафига ўтиши мумкин  1 17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  6 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  1 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  11 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  12 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2

Salim Mustafoev: "Keyingi o'yinlarda ham asosiy tarkibda tushishga harakat qilaman" Yangiliklar

Salim Mustafoev: "Keyingi o'yinlarda ham asosiy tarkibda tushishga harakat qilaman"

Oliy liganing 1-turini safarda o'tkazgan "Lokomotiv" "Navbahor"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Bu uchrashuvda himoyachi Salim Mustafoev asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq 90 daqiqa to'p tepdi. Bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan futbolchining o'yin borasidagi fikrlari quyidagicha bo'ldi.

O'yin haqida
- Namanganda yangi mavsumning ochilish o'yin bo'lgani uchun bahs ikki jamoa uchun ham qiyin kechdi. Biz avvaliga 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgandik, biroq ikkinchi taymda uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldik va o'yin oxirlarida yana gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng biroz xavotir bosdi, o'yinimizda pala-partishlik yuzaga keldi, lekin g'alabani saqlab qola oldik.

Stadiondagi muhit haqida
- Stadion to'ldi, bu esa har ikki jamoaga maqul keldi. Har bir futbolchi ko'plab tomoshabinlar qarshisida to'p tepishni xohlaydi. Namanganlik muxlislarning nihoyatda ko'pligi bizga bosim o'tkazgani yo'q, aksincha bundan xursand bo'ldik.

Asosiy tarkibda maydonga tushgani haqida
- Bundan oldingi ikki uchrashuvda (OCHL bahslarida) maydonga tusha olmadim. "Navbahor" bilan o'yinda esa murabbiylar menga imkon berishdi va jamoamga foyda keltirishga harakat qildim. Keyingi bellashuvlarda ham boshlang'ich tarkibga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman.


"Lokomotiv" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика