So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  1 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

Turnir tubidagilar to'qnashuvi: “So'g'diyona” Navoiyda tarix yozadimi? Yangiliklar

Turnir tubidagilar to'qnashuvi: “So'g'diyona” Navoiyda tarix yozadimi?

Teglar :  QizilqumSo'g'diyona
Bugun Superliganing 12-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Kun doirasidan "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvi o'rin olgan. Garchi bahs markaziy maqomda bo'lmasa-da qiziqarli o'yin guvohiga aylanishimiz kutilmoqda. Bir tomondan boshsiz chavandoz rolidagi "Qizilqum", ikkinchi tomondan Superligada kutilganidan past natija qayd etayotgan "So'g'diyona" jamoasi. Nima uchun bu o'yinni ko'rishimiz kerak?


O'zaro o'yinlar: Navoiyda tarix yaratilishi mumkin

Jamoalar bugungi kunga qadar 44 marotaba o'zaro to'qnash kelgan. Bu o'yinlarda ustunlik "Qizilqum" tomonida 19 g'alaba, 14 ta o'yinda tomonlar bir ochkoga ega chiqqan bo'lsa, 11 ta bellashuvda "bo'rilar" g'alabani tantana qilgan. To'plar nisbati 60-43. "Qizilqum" o'z maydonida kechgan 22 ta o'yinda biror marotaba mag'lubiyatga uchramagan, 13 g'alaba, 9 durang qayd etilgan. Bu o'yinning tarixiy ahamiyati shundaki, "So'g'diyona" ilk marotaba Navoiyda bayram qilishi mumkin. Jamoalarning oxirgi qarama-qarshiligida 1:1 hisobidagi natija tabloda aks etgan.

"Qizilqum" – "So'g'diyona" 1:1

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:15

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Rasul Fozilov

VAR: Ibrohim Sultunov

AVAR: Alisher Rahimqulov

Zaxira hakami: Umid Nutfulloev

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Oybek Yunusov

Gol: 1:0 — 73, Muhammadali G'iyosov (Ilhom Vahobov), 1:1 — 90+3, Oleg Zoteev (Lupcho Doriev). 

"Qizilqum": 12.Robert Ozols, 4.Ilhom Vahobov, 6.Asror G'afurov, 10.Elguja Lobjanidze, 11.Akaki Shulaya, 13.Nikolay Tarasov, 14.Fayzulla Qambarov (23.Samandar Shukurullaev, 87), 17.Muhammadali G'iyosov, 18.Baxtiyorjon Qosimov (22.Shahzodbek Rahmatullaev, 71), 25.Azizbek Usmonov, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (8.Giorgi Kuxianidze, 61).

Zaxira: 1.Humoyunshox Sayyotov, 2.Farruh Jo'raev, 7.Davron Anvarov, 9.Humoyun Abdualimov, 71.Jamoliddin Ubaydullaev, 79.Diyor Raxmatilloev.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 6.Alisher Salimov (5.Jasur Yoqubov, 69), 14.Lyupcho Doriev, 23.Suhrob Izzatov, 28.Stanislav Andreev (7.Muhammadsafo Fozilov, 46), 32.Nodirjon Soyibov, 33.Oleg Zoteev, 68.Sardorbek Hoshimov (9.Samandar Mavlonqulov, 46), 99.Umidbek Sultonov (17.Samandar Sindarov, 83).

Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 22.Aleksey Nosko, 34.Dilshod Misiraliev, 43.Sherzod Mirzajonov, 82.Fazliddin Omonkeldiev.

Ogohlantirish: Nikolay Tarasov (70), Giorgi Kuxianidze (80), Jasur Yoqubov (87), Elguja Lobjanidze (90+2).

"Qizilqum": Nikola Lazarevich bu safar yarim mavsum ham ishlamadi

Joriy yil boshida navoiyliklar boshqaruvini qo'lga olgan Nikola Lazarevich avvalgi ishlagan davriga nisbatan yarim mavsum ham faoliyat yuritgani yo'q. 2021 yil serbiyalik mutaxassis yil oxirigacha missiyasini bajarib qo'ygan, yakunda jamoa 5-o'rinni egallagandi. Lekin unda tarkib ham yuqori o'rinlarga kurashadigan darajada jamlangandi. Bu safar esa uning qo'l ostida 11 ta uchrashuvda 3 g'alaba, 2 durang, 6 mag'lubiyat qayd etdi va 13-o'rinni band etib turibdi. Jamoa ketma-ket 3 ta o'yinda raqiblariga g'alaba sovg'a qildi, bu bahslarda "Qizilqum" 9 ta gol o'tkazib yubordi, 2 ta gol urdi. Endilikda "oltin izlovchilar"ni mahalliy mutaxassis Akmal Rustamov vaqtincha boshqarib turadi. Akmal Rustamov "Qizilqum"da ko'p yillar to'p tepgan, butsalarini mixga ilgach klub o'rinbosarlarini boshqarib kelayotgan edi. Aytish mumkinki, Rustamov shogirdlari so'nggi yillarda U-21 chempionatida yomon ishtirok etayotgani yo'q. Bugungi o'yin esa unga ilk sinov hisoblanadi.

"So'g'diyona" inqirozdan uyg'ona oladimi?

Oxirgi 4 yildagi "So'g'diyona" plankani shunchalik ko'tardiki, muxlislar jamoadan doim yuqori o'rinlarni talab qilishga odatlandi. O'tgan yili Ivan Boshkovich shogirdlari Superligada sovrinli o'rinlarga kurash olib bordi va oxirgi pallada medallardan tushib qoldi, bu borada uchinchi o'rindagi "Navbahor" bilan teng ochko jamg'ardi. Bu yil esa juda va juda kutilganidan past natijalar ko'rsatmoqda. Faktlarga tayanadigan bo'lsak, "So'g'diyona" 2024 yil 11-turdan so'ng 17 ochko jamg'argan, jadvalda 5-o'rinda bo'lgan. Bu yil esa 11-turdan so'ng bor yo'g'i 9 ochko ishladi, xolos. Jamoa 11 ta o'yinda 2 g'alabaga erishdi, 3 bor durang o'ynadi va 6 mag'lubiyatni qabul qilib oldi. So'nggi 4 ta uchrashuvda g'alabasiz seriya bilan yurishini davom ettiryapti. Yana bir fakt, "So'g'diyona" bu mavsumda mehmondagi o'yinlarda yutuqqa ega chiqmadi. Bunga bir nechta omillarni sabab sifatida keltirish mumkin. Bu esa alohida katta mavzu. 

Taqvim

"So'g'diyona"ning keyingi 3 ta uchrashuvi "Xorazm", "Bunyodkor" va "Surxon"ga qarshi kechadi. 

13-tur. 19.06.2025.  "So'g'diyona" - "Xorazm"

14-tur. 29.06.2025. "Bunyodkor" - "So'g'diyona"

15-tur. "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912"

"Qizilqum":

13-tur. 19.06.2025. "Andijon" - "Qizilqum" 

14-tur. 28.06.2025. "Qizilqum" - "Neftchi"

15-tur. 03.07.2025.  "Sho'rtan" - "Qizilqum" 


Uchrashuv 20:00da start oladi. Barchaga yoqimli tomosha tilaymiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика