Eshitdik-da! "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng Ilyos Zeytullaev istefoga chiqarilishi mumkin. Rahbariyat ham o'zgaradi
14 iyu 16:00
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng Ilyos Zeytullaev istefoga chiqarilishi mumkin. Rahbariyat ham o'zgaradi
Xabaringiz bor, "Bunyodkor" jamoasi sport direktori Islom Inomov klubdan istefoga chiqarildi. Malumotlarga qaraganda, Inomov ortidan bosh murabbiy Ilyos Zeytullaevga ham chiqish eshiklari ko'rsatilishi kutilmoqda. Bugun "qaldirg'ochlar" "Paxtakor"ga mag'lub bo'lgan taqdirdagina ushbu o'zgarishlar yuz beradi. Bundan tashqari bosh direktor lavozimiga akademiyada faoliyat yuritib kelayotgan, bungacha "Metallurg"da uzoq yillar ishlagan Shavkat Saidov, sport direktorligiga Roman Chernikov tayinlanadi. Jamoani boshqa murabbiy qabul qilib oladi, lekin u kimligi hozircha nomalum.
Malumot uchun, Inomov va Zeytullaev tandemi o'tgan yili "Bunyodkor"ni qiyin vaziyatda Superligada olib qolishga erishgan, jamoa ko'rsatayotgan o'yin barchaga manzur kelgandi. Joriy yilda ham jamoa yomon ishtirok etayotgani yo'q. Etakchilar "Neftchi", "Nasaf", OKMKdan ochko olishga muvaffaq bo'ldi.
Aftidan, klub tepasidagilar avvalgi voqealardan etarlicha xulosa chiqarishmagan ko'rinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar