Saka – "Arsenal" uchun APLda 30 ta gol urgan eng yosh futbolchi
22 apr 2023 15:34
Yangiliklar


Saka – "Arsenal" uchun APLda 30 ta gol urgan eng yosh futbolchi
APLning 32-turidan o'rin olgan "Arsenal" – "Sautgempton" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi (3:3).
Uchrashuvning 90-daqiqasida "kanonirlar" vingeri Bukayo Saka hisobni tenglashtirdi. Angliyalik futbolchi uchun bu to'p faoliyatidagi Angliya chempionati oliy divizionidagi 30-si bo'ldi.
Futbolchi London klubining Angliya Premer-ligasida shuncha gol urgan eng yosh futbolchisiga aylandi (21 yosh-u 228 kunligida). Saka Sesk Fabregas (22 yosh-u 299 kun) va Terri Anri (23 yosh-u 131 kun)ni ortda qoldirdi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 26
17:54
Anri Bellingemning so'kinishi haqida: "Kim bo'lishingdan qatiy nazar, bunday deyishga haqqing yo'q" 19

Fikrlar