So’nggi yangiliklar

14:22Олмалиқдаги "ОКМК спорт мажмуаси" ҳудудида янги табиий майдон қурилмоқда  0 13:54"Бунёдкор" ўз тарбияланувчиси билан шартномани 2 йилга узайтирди  0 13:27"Шўртан" 2025 йилги мавсумни Қаршидаги стадионда бошлайди  1 12:51Эронда нима гаплар? Юсуповда навбатдаги "қуруқ ўйин", Машарипов тўлиқ ўйнади  2 12:20ПФЛ "Олимпик"ка 5 январгача муҳлат берди, акс ҳолда...  3 11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  2 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   20 10:55Қойил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  10 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  1 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  2 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  8 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2 07:31Янги мавсумда Про лигада ўйнамайдиган «Дўстлик» етакчисини сотувга қўйди  1

Sayfiddin Ermatov: "Ravshanni osh qilib kutib olamiz" Yangiliklar

Sayfiddin Ermatov: "Ravshanni osh qilib kutib olamiz"

Rossiyaning "Sovetskiy sport" nashri muxbiri hakamimiz Ravshan Ermatovning otasi Sayfiddin Ermatov bilan bo'lgan suhbatni gazeta saytiga joylagan.

O'g'limning hech bir o'yinlarini o'tkazib yubormayman. Keyinchalik birga o'tirib o'yinlarini tahlil qilamiz va qaerda xatoga yo'l qo'ygani borasida to'xtalib o'tamiz. Bazi bir joylarda boshqacharoq qaror qabul qilish kerakligi haqida aytib o'taman. U boshqarib borayotgan o'yinlari vaqtida asabiylashib turaman, lekin faxr tuyg'usi kuchlilik qiladi. Onasi bilan bergan tarbiyamizdan zoe ketmaganligidan xursand bo'laman. Ravshanni yoshligidan adolatga o'rgatganmiz. 



Qo'shnilarimiz Ravshanni to'rt yoshligida velisopedlarda uchirishardi. Bir kuni uning oyog'iga velisopedning tizmasi terini yirtib, tizzasigacha kirib ketdi. Keyinchalik Ravshan olti oy shifoxonada yotdi. Tibbiyot xodimlari uning o'ng oyog'ini kesishimiz ham mumkin deyishgandi. Yaxshiyamki hammasi yaxshi yakun topdi va o'g'limning oyog'i tuzalib ketdi. Ravshan futbolchilik faoliyatini boshlashga ham muvaffaq bo'lgandi. Ammo har safar to'qnashuvda uning tizzasi bezovta qilardi. Keyinchalik shifokorlar unga futbolchilik faoltiyatini to'xtatishi kerakligini aytishdi.
Agarda shu jarohat bo'lmaganida, o'g'lim yaxshi futbolchi bo'lib etishardi. Lekin peshonasiga hakam bo'lish yozilgan ekan. O'sha paytda men O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida murabbiy bo'lib ishlab kelayotgandim. Ravshan esa qattiq qayg'uda edi. Uni chalg'itish maqsadida o'zimga yordamchi qilib oldim. Lekin uning ko'zlari yonib turmasdi. O'z ishini uddalardi, ammo  ko'zlarida shijoat sezilmasdi. Bir kuni shahar birinchilikida o'yini boshlanishi kerak bo'lgan vaqtda hakam etib kelolmay qoldi. SHunda Ravshanga xushtak va libosni berib, " o'zingni sinab ko'r" dedim. O'sha uchrashuvni kamchiliklarsiz boshqarmagan bo'lsada, lekin katta etirozga sabab bo'ladigan xatolarga yo'l qo'ymagandi. SHundan so'ng uni hakamlar maktabiga olib bordim. Ingliz tilini o'rganish uchun qo'shimcha darslarga qo'ydim va har doim tekshirib, kuzatib bordim. Uni o'yinlarini video olish uchun kamera sotib oldim va o'yinlarini tahlil qila boshladik. O'z xatolari ustida ishladi. 



- Ayni paytda uning jarohati bezovta qilmayaptimi?
- Yo'q,  hozir u futbol o'ynamaydi, hakamlik qiladi. Har bir o'yinda voqealar rivoji oldida bo'lishga ulguradi. Demak oyog'i og'rimaydi.


KELISHILGAN O'YINLAR? O'G'LIMGA BU NARSALAR KERAK EMAS!

Asosiysi, Ravshanni xarakteri kuchli. Men unga o'z chizig'idan yurishni tushuntirganman. U 23 yoshida Oliy liga o'yinini boshqargan. O'shanda o'g'limga har bir bilgan narsasini gapirishini taqiqlaganman.

- Hakamlik bu og'ir kasb. Uning ostida juda ko'plab "kelishilgan" o'yinlarga aralashish va shunga o'xshagan holatlar ko'p uchrab turadi. Siz o'g'lingizni bu illatlardan qay tarzda himoyalagansiz?
- Birinchidan, Ravshanni ikkinchi mutaxassisligi bu iqtisodchilik. Ikkinchidan, uning o'z shaxsiy (do'konlari) biznesi bor. Meni o'g'lim o'ziga to'q. Boshqa taraflarga qaramaydi.

-Demak unga penalti belgilashi uchun pul taklif qilishmaganmi?
- Bu narsa unga umuman kerak emas! O'z sharafani hamma narsadan qadrliroq unga. Ko'p yillar mobaynida katta hurmat qozonishing mumkin. Ammo bir zumda hammasidan ayrilib qolish hech gap emas. Bu narsalarni bizni vijdonimiz qabul qilmaydi.

- Ravshan jahon chempionatlarida hakamlik qilish borasida rekordchi hisoblanadi. Uni qay tarzda tabrikladiz?
- O'g'limga erishgan yutuqlarida to'xtab qolmaslikni va to'qqiz bor joyda o'ninchisi ham bo'lishini aytdim.  Keyinchalik JCH-2018 hamda 2022 yildagi mundiallar bor. Xudo xohlasa, Ravshanga ushbu musobaqalarda ham ishlash nasib etishini tiladim.



- O'zbekistonda Ermatov qahramon bo'lsa kerak. Mashhurlik bezovta qilmaydimi?
- Hamma uni taniydi, albatta. Ravshan muxlislari ko'p ham vaqtini ajrata olmaydi. Sababi, har doimgi mashg'ulotlar, uy ishlari bilan band bo'ladi. Har holda o'g'lim kalandimog' emas. Juda samimiy va kamtar inson. Barcha bilan til topishib ketishga harakat qiladi.

- Bo'sh vaqtlarida futbol yuriqchisi bo'lib ham ishlar ekan. Buning zimmasiga nimalar kiradi?
- Hakamlar maktabida ishlaydi. Biz 30-35ga yaqin yosh hakamlarni o'qitamiz. Ravshan ularga o'z bilim va tajribalirini o'rgatadi. Ha, u bu ishni tashlab faqat o'yinlarni boshqarsa ham bo'ladi. Lekin bizning talabimiz shu.


-Sizni fikringiz, nega MDH davlatlari ichidan yaxshi hakamlar chiqmay qoldi. Sababi nimada?
- Istedodlar hamma erda etarlicha topiladi. Faqatgina ularga to'g'ri yo'lni ko'rsata bilish kerak. So'nggi yillarda iqtidorli hakamlar yo'qolib qoldi deyishdan yiroqman. Ularga shunchaki to'g'ri munosabatda bo'lmoq lozim.

- O'g'lingizni qanday kutib olasiz? Unga final oldidan bizning gazeta orqali nimalar demoqchisiz?
- Unga avvalo omad tilab qolaman. Adolatli hakamlik va tezroq uyga qaytishini tilab qolaman. Biz uni bir yarim oydan beri ko'rmadik va tabiiyki sog'inganmiz. Agarda unga final bellashuvini boshqarishni topshirishsa, kuchli saviyada boshqariishini tilab qolaman. Boshqacha bo'lishi kerak emas. Biz uni katta xursandchilik bilan kutib olamiz. Men katta qozonda osh tayyorlayman, barcha qadrdon va yaqinlarimiz yig'ilamiz va uning kelishini bayram qilamiz. 



SHuningdek, suhbatga Ravshan Ermatovning birinchi yuriqchisi, sobiq FIFA hakami Bobur Haydarov ham qo'shildi.

"2005 va 2006 yillar Ravshanning o'zi meni yuriqchisi qilib tanladi. Men uni zinama-zina ko'tarilishida yordam berdim va JCH-2010ga tayyorladim. Ravshanning asosiy yutug'i  shundaki, u juda intiluvchan. Harbir askar generallikni orzu qilganidek, Ravshan ham katta pog'onalarga intildi. Buning oqibatida mundialda ishlashga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, "O'zbekiston iftihori" unvoni bilan taqdirlandi. Ravshan Ermatovni  aeroportda xalq qahramonidek katta dabdaba bilan kutib olamiz. Ravshan finalda ishlashga munosib hakam. Men uni JCHdagi eng zo'r hakam deb bilaman. Yugurish bobida ham unga etadigan yo'q. U hammasini aniq mo'ljallay oladi. Epizodlardan ortda qolib ketmaydi. Bu borada ham u tengsiz. Agarda finalni boshqaradigan bo'lsa, Ravshanga omad tilab, kamroq qiyin vaziyatlar bo'lishini istayman", - deb Bobur Haydarov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ravshan Ermatov finalni boshqarishga eng asosiy nomzod bo'lib turgandi. Lekin FIFA ushbu bahsni Nikola Riccoliga topshirdi - deb yozadi "Sovetskiy sport" gazetasining sayti.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика