So’nggi yangiliklar

15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  0 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  2 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  4 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  15 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4

Safar o'yinida “Metallurg” tarkibidagi yo'qotishlar Yangiliklar

Safar o'yinida “Metallurg” tarkibidagi yo'qotishlar

Teglar :  Metallurg
Mamlakat milliy chempionatining 29-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi 5 noyabr kuni Navoiyda “Qizilqum” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Mazkur uchrashuvda bekobodliklar bir qator yo'qotishlar bilan maydonga tushishadi. Sariq kartochkalar to'planib qolganligi bois himoya chizig'i vakillari Davron Karimqulov, Javlon Mirabdullaev, tayanch yarim himoyachisi Alisher Ziyovuddinovlar jamoaga yordam bera olishmaydi. So'nggi turlarda murabbiylar bazi sabablarga ko'ra himoyachi Aleksandr Kovalev hamda hujumchi Zohid Abdullaevlar ko'magidan ham foydalana olmayotganligini hisobga oladigan bo'lsak, Navoiyda “Metallurg” tarkib borasida jiddiy qiyinchilikka duch keladi. Har tugul Qo'qonda maydondan chetlatilgan Doniyor Odilov “Buxoro”ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi va endi tarkibga qaytadi.

“Qizilqum” – “Metallurg” uchrashuvini toshkentlik Olim Tolibjonov boshqarib boradi. Unga qanotlarda qarshilik Artem Kalinin va poytaxtlik Rishat No'monovlar yordam berishadi. Uchrashuv nazoratchi hakami Artyom Arutyunov.

Qizilqum (Navoiy) – Metallurg (Bekobod)
Hakamlar:O. Tolibjonov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), R. No'monov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi:A. Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili:R. CHernikov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика