Ryudiger "CHelsi" bilan shartnomani uzaytirishdan uzoq. O'yinchiga "Real" qiziqmoqda, "Bavariya" esa uning maoshini to'lashga tayyor emas
14 dek 2021 17:45
Yangiliklar
Ryudiger "CHelsi" bilan shartnomani uzaytirishdan uzoq. O'yinchiga "Real" qiziqmoqda, "Bavariya" esa uning maoshini to'lashga tayyor emas
"CHelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger klubdan ketishi mumkin.
London klubi bilan muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda, ammo tomonlar kelishuvga erishishdan yiroqlar.
Uning xizmatlariga "Real" qiziqmoqda. Madrid klubi uni erkin agent maqomida o'z safiga jalb qilmoqchi.
O'yinchi bilan shuningdek "Bavariya" ham shartnoma imzolashni xohlaydi, ammo Myunxen klubi u xohlayotgan pulni to'lashga tayyor emas. Ryudiger haftasiga 200 ming funt maosh oladi.
28 yoshli o'yinchi joriy mavsum APL doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar