So’nggi yangiliklar

10:51Роналду кейинги йилларда "Олтин тўп"га асосий даъвогарлар кимлар бўлишини маълум қилди  0 10:15Бразилия термаси устози ваъда верди  3 09:42ЦСКА голеадор ҳужумчи билан шартнома тузди  1 09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  0 08:32Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги илк учрашувда оқ либосда майдонга тушади  2 07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  2 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  16 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  5 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  4 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  3 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1

Rustam Tolibjonov: “Osiyo chempionatiga qadar to'rtta terma jamoa bilan o'yin o'tkazamiz” Yangiliklar

Rustam Tolibjonov: “Osiyo chempionatiga qadar to'rtta terma jamoa bilan o'yin o'tkazamiz”

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi dekabrning dastlabki o'n kunligida Belarus va Qatar terma jamoalari bilan mehmonda ikkitadan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

O'zbekiston futzal associaciyasi ijrochi direktori Rustam Tolibjonov terma jamoaning o'rtoqlik o'yinlari bilan bog'liq savollarga javob berdi.

- O'zbekiston milliy terma jamoasi yaqindagina Belarus va Qatar davlatlarida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazib qaytdi. Bu o'yinlar qanday tashkillashtirildi?
- SHu yilning iyun oyidan boshlab o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kirishganmiz. Hozirgi kunga kelib bir qator yig'inlar va o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi. SHulardan oxirgisi yaqindagina Belarus va Qatar terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilindi. Belarus terma jamoasi bilan o'yin ularning taklifiga ko'ra o'tkazildi. Ular bizni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun Belarusga taklif qilishdi, biz buni o'rganib chiqib ularga ijobiy javob berdik. Birinchi dekabr kuni Belarus davlatiga etib bordik, 2 va 3 dekabrga esa ikkita o'yin rejalashtirilgan edi. Birinchi bahs Minsk shahrida o'tkazildi va unda terma jamoamiz 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi bellashuv esa Borisov shahrida bo'lib o'tdi va unda 5:3 hisobida bizning qo'limiz baland keldi. 4 dekabr kuni Minskdan Qatar poytaxti Doxaga uchdik. U erda 10 dekabrga qadar yig'in o'tkazish va ikkita o'rtoqlik uchrashuvi ko'zda tutilgan edi. Birinchi o'yin 7 dekabrda bo'lib o'tdi va unda qatarliklarning qo'li baland keldi – 5:4. Ikkinchi bahsda esa 3:2 hisobida bizning futzalchilarimiz g'alaba qozonishdi. Doxadagi yig'in qatarliklarning taklifiga ko'ra o'tkazildi.

- Keyingi rejalar qanday?
- Ayni paytda terma jamoa o'yinchilariga dam berilgan. 4 yanvardan boshlab Osiyo chempionati boshlangunga qadar o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkaziladi. Bu yig'inlar doirasida 2-3 ta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirganmiz. Bulardan hozircha aniq bo'lib turgani Olma-Ota shahrida Qozog'iston terma jamoasi bilan ikkita o'yin 22 va 23 yanvar kunlari o'tkaziladi. Undan keyin terma jamoamiz Toshkentga qaytib kelib yig'inni poytaxtimizda davom ettiradi. SHundan so'ng 1 fevral sanasida Vetnam terma jamoasi bilan Toshkentda uchrashuv o'tkaziladi.

Qita birinchiligida ishtirok etuvchi Iordaniya terma jamoasi Toshkentga 4 fevral kuni keladi. Ayni paytda Iordaniya terma jamoasi bilan 5 yoki 6 fevral kuni nazorat uchrashuvi o'tkazish borasida muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi emas, shunchaki nazorat o'yini bo'ladi.

Bundan tashqari, 20 yanvarga qadar yana bitta jamoa bilan o'yin rejaga kiritilgan. Hozircha Ozarbayjon va Belarus terma jamoalaridan birini Toshkentga olib kelish borasida muzokaralarni boshlab yubordik.

- Yuqoridagi ikki jamoadan qay biri Toshkentga kelishi qachon malum bo'ladi?
- Har ikki terma jamoaga ham taklif jo'natganmiz, ayni paytda ularning javobini kutayapmiz. Bugungi kunda bu jamoalar 2016 yil Kolumbiyada o'tkaziladigan Jahon chempionatiga saralash bahslarida ishtirok etmoqda. Saralashdagi ishtirokiga qarab kim kelishi malum bo'ladi. O'yinning qaysi sanada o'tishi ham o'shanda oydinlashadi.

- Oktyabr va noyabr oylarida Qozog'istonning “Qayrat” jamoasi va Yaponiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi. Bu jamoalar bilan o'yinlar qanday tashkillashtirildi?
- “Qayrat”ga biz taklif bilan chiqdik. Aslida ular bilan o'yinni Toshkentda o'tkazmoqchi edik, ammo jamoaning bir nechta musobaqada ishtirok etishi tufayli faqatgina o'z maydonlarida o'ynashlari mumkinligini aytishdi va biz bu shartga rozi bo'ldik. Yaponiya bilan o'yin esa ularning taklifi bilan o'tkazildi. “Kunchiqar yurt” vakillari bizga taklif jo'natishdi, biz esa unga ijobiy javob qaytardik.

- Osiyo chempionatida biz bilan bir guruhdan o'rin olgan jamoalarni o'rganish boshlab yuborildimi?
- Yanvar oyidan boshlanadigan yig'inda guruhdagi uchta raqibimiz o'yinlaridan videoyozuvlar bo'ladi va aynan videolar orqali raqiblarimiz o'yinini tahlil qilinadi. Bu borada terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez harakatni boshlab yuborgan. Raqiblarni o'rganish masalasi o'quv-yig'in mashg'ulotlarining rejasiga kiritilgan.

- Saudiya Arabistoni bilan avval o'ynamaganmiz. Saudiyaliklarning o'yinlarini topish muammo tug'dirmaydimi?
- Saudiya Arabistoni shu kunga qadar Osiyo chempionatida ishtirok etmagan. Bizda ularning o'yinlari yozilgan videoyozuvlar yo'q. Ularning o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvlarining videolarini topishga harakat qilamiz. Qirg'iziston va Livan terma jamoalari esa bizga tanish, ular bilan ko'p marotaba o'ynaganmiz. Bu jamoalarning o'yinlari bizda bor.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика