Rustam Abdullaev: "Paxtakor"dek jamoa bilan durang o'ynash biz uchun ijobiy natijadir"
11 may 2014 11:47
Yangiliklar
Rustam Abdullaev: "Paxtakor"dek jamoa bilan durang o'ynash biz uchun ijobiy natijadir"
O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichidagi "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Abdullaev ishtirok etdi.
- Albatta "Paxtakor"dek kuchli jamoa bilan durang o'ynashning o'zi biz uchun ijobiy natijadir. Bundan xursandmiz. Bugun asosiysi muxlislar uylariga xursand kayfiyatda qaytdi. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ular bugun bor kuchini bergan xolda o'ynab ishqibozlarimizni quvontirdi. Bundan men ham xursand bo'ldim, - deya gap boshladi Rustam Abdullaev.
- O'yinga keladigan bo'lsak, "Paxtakor" hozirda oliy liga peshqadami bo'lib turibdi. Bu jamoa qarshi o'yin har qanday jamoa uchun qiyin kechadi. Futbolchilarimiz dastlabki 20 daqiqani katta hayajon ostida o'tkazishdi. Bunday xolat ilgari biz futbol o'ynagan paytlarda ham uchrab turardi. CHunki raqib jamoaning nomi futbolchilarni biroz cho'chitadi. SHu bois bugun yigitlarga, ularning tarkibida ham sizlarga o'xshagan futbolchilar o'ynayodi, hayiqmasdan, ortiqcha hayajonga berilmasdan o'ynanglar deb uqtirdim. Uchrashuv boshlarida to'pni o'zida saqlab turmasdan, manzilsiz to'p uzatishlar uchradi. Lekin keyinroq hammasi iziga tushdi.
- Ochig'ini aytganda, bugun qarshi hujum taktikasi ostida o'ynashga qaror qildik. Himoyani unutmagan xolda, qarshi hujumdan unumli foydalanish kerakligini futbolchilarimga aytgandim.
- Javob o'yini oldidan nima deyishim mumkin? Bugun dastlabki o'yinni o'z maydonimizda o'tkazdik. Durang qayd etganimizning asosiy sabablaridan biri bu o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaganimiz bo'ldi. Qolaversa maydonimizning xolati u qadar talab darajasida emas, hozircha. Javob o'yinini endi "Paxtakor" stadionida o'tkazamiz. Albatta har bir uchrashuvda raqib kim bo'lishidan qatiy nazar g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Bilaman javob o'yinida bizga oson bo'lmaydi. Lekin bu bizdek birinchi liga jamoasi uchun sinov vazifasini o'tab beradi. Bu orqali o'yinchilarimiz ham mahoratlarini oshiradi. Mana bugun ular malum miqdorda o'sishga erishdi deb hisoblayman.
- Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz u qadar yuqori bo'lmasa-da, Toshkentda kechadigan bahsda ijobiy natijaga erishish va shu orqali muxlislarimizni xursand etishga urinamiz. Asosiy bo'limlarda durang o'ynab, penaltilar seriyasiga qadar etib bora olsak, balki lotoreyada omadimiz kelib qolar. Buni vaqt ko'rsatadi.
- Oliy ligaga chiqamiz deb kafolat bermagan bo'lardim. Lekin hayotda hamma narsani iloji bor. Faqat buning uchun chin dildan harakat qilish kerak bo'ladi. Rahbariyat tomonidan elitaga chiqish vazifasi qo'yilgan ekan, bu maqsad yo'lida bor kuchni ishga solamiz, - deydi Abdullaev.
Islombek Rustambekov yozib oldi.

Fikrlar