So’nggi yangiliklar

20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  0 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  0 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  0 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  13 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  5 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  8 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  2 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1 16:14"2027 йилги футбол бўйича U-20 Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент Қарори эълон қилинди  1 15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  2 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  2 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  4 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  1

Ruslan Ahmedov: "Bugun ikkinchi raqamli jamoa sifatida o'ynamoqchi edik" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Bugun ikkinchi raqamli jamoa sifatida o'ynamoqchi edik"

Pro-liga 10-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Xorazm" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Xorazm" jamoasi muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. "SHo'rtan" jamoasi "Mashal"ga qarshi o'yinda g'alabaga erishgandi. SHu bois ularning bugungi o'yinga kuchli ishtiyoq bilan chiqishlarini bilardik. SHunga mos tayyorgarlik ko'rdik.

Reja ikkinchi raqamli bo'lib o'ynash edi, qizil kartochkadan keyin hujumkorlikni oshirdik va gol urdik. O'yin oxirigacha natija o'zgarishsiz qoldi va g'alabaga erishdik

- Bugun "Xorazm" yomon o'ynamadi. Nega jamoangiz shunaqa o'yini bilan jadvalning quyi o'rinlarida yuribdi?

- Bizda o'tgan yilgi shakllangan tarkib 70-80 foizga o'zgarib ketgandi. SHu bois chempionatning dastlabki turlarida jamoa o'zaro bir-birini tushunishda muammolarga duch keldi.

- Niyazmetovni bugun 52 daqiqa o'ynatdingiz. Keyin uning o'rniga Beshimov tushirildi. Bu o'zgarish qanchalik o'zini oqladi?

- Beshimovda jarohat bor edi. Endi-endi qaytayapti. Biz uni o'yinning so'ngi qismida tushirib amaliyot bermoqchi edik. Niyazmetov sariq kartochka ishlab oldi. Biz ehtimoliy ikkinchi kartochka xavfi bor uchun maydondan oldik.

- Birinchi bo'limda "SHo'rtan" himoyachisi olgan kartochkaga munosabatingiz qanday?

- Vaziyat bizdan uzoqroq nuqtada edi. Bosh hakam va yon hakam o'sha joyga yaqinroq edi. Takroriy vaziyatni ko'rib chiqamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика