So’nggi yangiliklar

15:36АПЛдан Саудия Арабистони томон навбатдаги трансфер ҳал бўлди  0 14:59ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ терма жамоаси таркиби эълон қилинди — рўйхатда А Сериядан ҳам вакил бор  0 14:10ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР учрашувини ким бошқариб бориши ёдингиздами?  3 13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  1 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  2 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  16 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  3 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  7 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0

Rus mamlakatiga futbol qaytmoqda. RFPLning 18-tur prevyusi Yangiliklar

Rus mamlakatiga futbol qaytmoqda. RFPLning 18-tur prevyusi

Bugun Rossiya chempionatining ikkinchi davrasiga start beriladi va klublar qishki uyqudan so'ng ilk uchrashuvlarini o'tkazishadi.

"Tom" - "Rostov"

3 mart, 21:00.


Rossiya chempionatining 2017 yildagi ilk turi Tomsda boshlanadi. Birinchi davra autsayderi joriy yilda ikkita rasmiy uchrashuv o'tkazishga ulgurgan, Evropa ligasining 1/8 finalida "Manchester Yunayted" bilan o'ynaydigan "Rostov"ni qabul qiladi. Rostovliklar formaga kirib oldi va joriy mavsumni evrokuboklar zonasida yakunlamoqchi.

Tomsk jamoasida moliyaviy muammolar bor va turdan-turga futbolchilarning noroziligi oshib boryapti. Asosiy umid - yoshlardan. Ular o'z nomi va kelajagi uchun kurashishlari lozim. Ammo raqib Evropa ligasida "Sparta"ni sparring raqib sifatida ko'radigan "Rostov" bo'lsa, yoshlarga ochko olish juda qiyin bo'ladi.


"Orenburg" - "Arsenal" Tula

4 mart, 16:00.


Birinchi davra autsayderlarining bahsi. "Orenburg" va "Arsenal" ilk uchrashuvda jarlikdan qanday chiqishi kerakligini ko'rsatishi kerak. Eslatib o'tamiz, 17 turdan so'ng faqat 5 ta jamoa 12-o'rin uchun kurashmoqda. "Anji" hozircha o'zini xotirjam his qilishi mumkin. Maxachkala jamoasi birinchi davrada ikkala jamoa ochkosini qo'shib hisoblagandan biroz kamroq jamg'ardi.

Maydon egalari davralar oralig'ida vaziyatni o'nglash uchun uch kishi o'rniga ishlaydigan Slovakiya terma jamoasi hujumchisi Mixal Dyurishni sotib olgan edi. SHunga qaramay, jamoaning himoyadagi muammolari hal bo'lgani yo'q. "Arsenal" esa deyarli yarim tarkibni o'zgartirdi. Gabulov va Kirill Kombarovlar jamoaga og'ir vaziyatda yordam berishi mumkin. Endi hujumchilardan biri gol urishni boshlashi kerak.


CSKA - "Zenit"

4 mart, 18:30.


Qishki tanaffusdan keyingi ilk turda katta masshtabdagi kurash guvohiga aylanishimiz mumkin. Evropa ligasida omadsizlikka uchragan "Zenit" endi bor etiborini ichki chempionatga qaratadi. CSKA o'tgan yilgi vaziyatni o'nglab, g'alabali seriyani boshlashga urinadi. Maydon egalari transfer oynasida yaxshi ishlashdi, "Zenit" esa har doimgidek yirik xaridlarni amalga oshirdi.

Ivanovich, Ernani, Lunev, Mollo, Callagov - tanaffusda jamoaga qo'shilgan futbolchilarning hammasi emas. Jamoa davralar oralig'ida yaxshigina pul ishlab olishga ham muvaffaq bo'ldi. Xitoyliklar Vitselni bir qop pulga sotib olishdi, "ko'k-oq-havoranglilar" "Krilya Sovetov"ni kuchsizlantirib, "CHelsi"ni yoshartirishga muvaffaq bo'ldi.

Bahs oldidan Kokorin borasida Moskvadan noxush xabar keldi. Aleksandr yo'l qoidalarini buzgani uchun haydovchilik guvohnomasidan ayrilishi mumkin. Hali ham bolalarcha odatlaridan voz kechmagan Sasha premium-klass mashinasida Moskva ko'chalari bo'ylab tez yurgandan, maydonda tezroq yugurish yaxshi ekanligini tushunmayapti.

"Zenit" evrokubokni tark etganidan g'azabda va vaziyatni iloji boricha o'nglashga intiladi. Luchesku o'z futbolchilariga jiddiy talablar qo'yadi va ularga xatolarini ilk turlardan to'g'irlashga majbur qiladi.


"Ural" - "Amkar"

5 mart, 13:30.


"Ural" yangi yilda Rossiya chempionatidagi ilk uchrashuvda "Amkar"ga qarshi o'tkazadi. Birinchi davraning ixtirosi bo'lgan "Amkar" qishda "Spartak"ka o'tgan darvozabon Selixov va himoyachi Jikiyadan ayrilib qoldi. Ammo tarkibda kuchayish ham bo'ldi. "Zenit" futbolchisi Aleksey Gasilin permliklar safini to'ldirdi. "Amkar"da oqsayotgan yagona joy - darvoza. Endi Denis Vambolt "Spartak"ka o'tgan Selixov o'rnini bosishiga to'g'ri keladi.

"Ural" ligada jon saqlab qolish uchun kurashadi. Jamoa oddiy vaziyatdan o'z darvozasiga gol olib kelmasa, noqulay vaziyatdan chiqib ketish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

"Amkar" joriy mavsumda mehmonda yaxshi o'ynamayapti. Bu 2017 yilda o'zgarishi yoki o'zgarmasligini tez orada bilib olamiz. Ammo "Ural"da ochko olish uchun yaxshi imkoniyat bor. Mehmonlar bu bahsda darvozabon va futbolchilar o'rtasidagi o'zaro tushunib o'ynashni rivojlantirishi kerak bo'ladi.


"Krilya Sovetov" - "Lokomotiv"

5 mart, 16:00.


"Krilya Sovetov" o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Davralar oralig'ida Callagov va Mollo transferidan yaxshigina daromad ko'rgan "Krilya" yangi futbolchilar uchun pul sarflamadi va erkin agentlar bilan tarkibni kuchaytirdi. Eng yirik shartnoma imzolash "Barselona" va "Arsenal"dan to'shp tepgan Aleksandr Gleb bilan bo'ldi. Aleksandr avvalgidek yosh emasdir, biroq o'yinni qolganlardan yaxshiroq o'qiydi.

"Lokomotiv" ham davralar oralig'ida yangiliklar lentasini to'ldirib tashladi. "Temiryo'lchilar" afsonasi Dmitriy Loskov jamoa bilan shartnoma tuzdi. O'ynovchi murabbiy? Agar Loskov maydonga tushsa, ko'plab muxlislar stadionlarga qaytishi mumkin. Jamoaga "Krasnodar"dan Ari ham taklif qilindi. Farfan ham o'zini ko'rsatishi mumkin.

"Loko" hujum chizig'i o'z kuchini Samarada ko'rsata boshlashi mumkin. Agar moskvaliklar turnir jadvalida o'sishga erishmoqchi bo'lsa, "Krilya Sovetov"ni bu bahsda taslim etishlari lozim.


"Krasnodar" - "Spartak"

5 mart, 18:30.


Joriy turdagi TOP-uchrashuv 2. "Buqalar" o'z maydonida turnir jadvali etakchisi "Spartak"ni qabul qiladi. "Qizil-oqlar" bu mavsum ko'pchilikning ishonchini oqlashga yaqin turishibdi. Agar "Spartak" chempionlik sovrinini qaytarsa, buni kamida Rossiyadagi barcha muhokama qiladi. Kuzatamiz!

"Krasnodar" Evropa ligasining keyingi bosqichiga chiqib, joriy yilda chempionatga tayyorligini isbotlab qo'ydi. Keyin, Rossiya Kubogida kutilmagan natija qayd etildi. "Buqalar" 3:0 hisobida "Ural"ni mag'lub etayotgan bir paytda Smolov o'z darvozasi tomon penalti ishladi va jamoa yana ikkita gol o'tkazib yubordi. Penaltilar seriyasida omad uralliklarga kulib boqdi.

Jamoalar transfer oynasini muvaffaqiyatli o'tkazishdi: "Krasnodar" Odil Ahmedovni "SHanxay SIPG"ga sotib, tushgan pulga Ramires va Klassonlarni xarid qildi, "Spartak" esa Samedovni qaytardi, "Amkar"ni kuchsizlantirdi. Qishda "Milan"dan "Spartak"ka o'tgan Luis Adrianoni kuzatish qiziq bo'ladi.


"Terek" - "Ufa"

5 mart, 21:00.


"Terek" kelasi mavsumda evrokuboklarda qatnashish uchun mavsumning ikkinchi qismida jiddiy kurashadi. Ularning asosiy raqiblaridan biri to'rtinchi pog'onadan bor-yo'g'i 3 ochko ortda qolayotgan "Ufa" bo'ladi. Turnir jadvali o'rtasidagi zichlik hayratlantiradi, demak muxlislar chempionatining ikkinchi qismini katta qiziqish bilan kuzatishadi.

"Terek" davralar oralig'ida sezilarli darajada tarkibni kuchaytirdi. "Roma"dan kelgan Giomber himoya chizig'ini yanada ishonchli qiladi, Ozdoev esa o'zining reydlari bilan raqib himoyachilarini holdan toydiradi.

"Ufa" ustozi Sergey Semakning RFPLdagi debyuti yaxshi o'tishi mumkin. Jamoa davralar oralig'ida yaxshi ishladi va bir qancha erkin agentlarni o'z safiga qo'shib oldi.


"Anji" - "Rubin"

6 mart, 21:30.


Turning so'nggi uchrashuvida "Anji" "Rubin"ni qabul qiladi. Mavsum boshida katta xaridlar bilan muxlislarni hayron qoldirgan qozonliklar, davralar oralig'ida ko'plab futbolchilarni ijaraga berdi. Asosiy yo'qotish sifatida "Terek"ka o'tgan Ozdoevni aytish mumkin. Har qanday holatda jamoada sifatli o'yin ko'rsata oladigan futbolchilar etarli.

"Anji" qishda qayta ishga tushdi. Muxlislar umuman yangi jamoa guvohiga aylanishadi. Deyarli 20 nafar futbolchi jamoani tark etdi, shuncha o'yinchi klub tarkibiga qo'shildi. Yangi kelganlar ketganlardan biroz kuchsizroq ko'rinmoqda. Bu jamoaning moliyaviy imkoniyatlari pasayganini ko'rsatadi.

"Anji" tezroq o'z o'yinini topib olishi kerak. "Rubin" bu bahsda yangilarni xafa qilishi haqiqatga yaqinroq.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика