Rummenigge: "Barselona" endilikda Evropaning eng kuchli jamoalaridan sanalmaydi"
15 sen 2021 19:49
Yangiliklar
Rummenigge: "Barselona" endilikda Evropaning eng kuchli jamoalaridan sanalmaydi"
"Bavariya" sobiq bosh direktori Karl-Xaync Rummenigge "Barselona"dagi vaziyat haqida gapirdi.
"Barselona" endilikda Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri emas. Bu jamoa Messini — ko'ksidagi qalbini boy berdi. Ular deyarli barcha jabhalarda "Bavariya"ga mag'lub bo'lishdi. Hozir "Barselona"ni qiyin pallalar kutib turibdi", — dedi Rummenigge.
Eslatib o'tamiz, CHempionlar ligasi guruh bosqichining ochilish uchrashuvida "Barselona" o'z uyida "Bavariya"ga 0:3 hisobida yutqazdi. Keyingi turda Kuman shogirdlari safarda Portugaliyaning "Benfika" jamoasi mehmoni bo'ladi.
Fikrlar