Rummenigge: “Uni “Bavariya”dan qo'yib yuborganim uchun uzr so'ramoqchiman”

Eldor Akmurzayev
31 may 2022, 10:00
“Bavariya” sobiq rahbari Karl-Xaync Rummenigge David Alabaning “Real”ga o'tgani haqida fikr bildirdi.

Alaba o'tgan yoz erkin agent sifatida madridliklar safiga borib qo'shildi. U yakunlangan mavsum “qaymoqranglilar” libosida 46 bahsda qatnashdi va 2+4 natija ko'rsatdi.

“David Alabaning ketganidan juda afsusdaman. Buning uchun uzr so'rayman. U asosiy himoyachi edi va Xans-Diter Flik qo'l ostida qoyilmaqom mavsum o'tkazdi, “Bavariya” Lissabonda Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi. Uning “Bavariya”da yo'qligi sezilib qolmoqda. Rosti men hozir shuni his qilyapman”, deydi Rummenigge.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bild