Karl-Xaync Rummenigge: "Barselona"ning 1,5 mlrd evrolik qarzini bilganimda, yaxshi uxlay olmadim"

Alisher
1 fev 2022, 18:24
"Bavariya" sobiq bosh direktori Karl-Xaync Rummenigge futbol klublari uchun moliyaviy barqarorlikning ahamiyati haqida gapirdi.

"Bunday paytlarda moliyaviy masalalarga e'tibor qaratish kerak. Juda va juda salbiy misollar bor - "Barselona" kabi.

Ochiq va to'g'ri aytaman: ularning 1,5 milliard evrolik qarzi borligini bilgan kecha yaxshi uxlay olmadim. 

Futboldagi bu kabi voqealar juda va juda xavotirga soladi", - deydi Rummenigge.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport