

Bu haqda klub boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge ma'lum qildi.
"Biz Anchelottining gapiga qo'shilamiz, Bernatning joyiga futbolchi kerak emas. Marko Fridl bu joyda o'ynay oladi" - deydi Rummenigge.
Bernat "Milan"ga qarshi Xalqaro Chempionlar Kubogi bahsida (0:4) jarohat olgan edi. Taxminlarga ko'ra, u 6-8 hafta maydonga tusha olmaydi.


