

Ruben Diash muvaffaqiyat kaliti vaziyatlardan foydalanish bo'lganini aytdi.
"Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirganimizdan mamnunmiz. Uchrashuv boshida ikki yoki uchta gol urdik va butun o'yinga ta’sir qildi. Ammo, bu oson bo'ldi deya olmaymiz.
Gollar bizga xotirjamlik berdi, ammo "Sporting" kuchli tomonlari borligini ko'rsatdi", - deydi Diash.
Eslatib o'tamiz, javob bahsi 9 mart kuni Manchestyerda bo'lib o'tadi.



