Ruben Diash: "Sporting"ni yutish oson bo'ldi deya olmaymiz"

Alisher
16 fev 2022, 14:01
"Manchester Siti" sardori Ruben Diash "Sporting" (5:0)ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk o'yin doirasidagi g'alaba haqida gapirdi.

Ruben Diash muvaffaqiyat kaliti vaziyatlardan foydalanish bo'lganini aytdi.

"Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirganimizdan mamnunmiz. Uchrashuv boshida ikki yoki uchta gol urdik va butun o'yinga ta’sir qildi. Ammo, bu oson bo'ldi deya olmaymiz.

Gollar bizga xotirjamlik berdi, ammo "Sporting" kuchli tomonlari borligini ko'rsatdi", - deydi Diash.

Eslatib o'tamiz, javob bahsi 9 mart kuni Manchestyerda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com