RPLda 2021 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi
09 dek 2021 21:15
Yangiliklar
RPLda 2021 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi
Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan Rossiya Premer-ligasida 2021 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
18 yoshli yarim himoyachi ekspertlar orasida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra 445 ball to'plagan. Ikkinchi o'rinni “Ufa” hujumchisi Gamid Agalarov (312), uchinchi o'rinni “Dinamo” hujumchisi Konstantin Tyukavin (238) egalladi.
Zaxaryan 2021 yilda RPLning 27 uchrashuvida 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar