So’nggi yangiliklar

15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истефо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  1 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  8 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  9 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  16 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  25 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9

RPL. CSKA "Akron"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Fayzullaevdan assist. Esanov esa 75-daqiqada maydonga tushdi Yangiliklar

RPL. CSKA "Akron"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Fayzullaevdan assist. Esanov esa 75-daqiqada maydonga tushdi

PRLning 6-turida CSKA "Akron" bahsi yakunlandi.

RPL. 6-tur

CSKA -  "Akron" 4:0 

Gol: 1:0 – 49 Musaev, 2:0 – 60 Oblyakov, 3:0 – 82 Moyzes, 4:0 – 87, penalti Oblyakov.

CSKA – Akinfeev, Moyzes, Villian, Diveev, Fayzullaev (Jemaletdinov, 80), Davila (Koyta, 80), Krugovoy, Gayich (Glebov, 90), Zdelar, Oblyakov (Kislyak, 90), Musaev (SHumanskiy, 90).

Akron – Volkov, Dimoski, Paulu Vitor, Eshkoval, Savichev, Lonchar (Xubulov, 64), Djurasovich, Palienko (Kuzmin, 46), Bakaev (Esanov, 64), Danilin (Dmitriev, 73), Tavaresh (Timoshenko, 73).


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

Hakam ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

88. GOOOL. Oblyakov hisobni yanada yiriklashtirdi.

87. Mezbonlar penaltiga ega bo'lmoqda.

82. GOOOL. Oblakovdan assist va Moyzes hisobni yirik ko'risnihsga keltirmoqda

80. Abbosbek Fayzullaev uchun bahs yakunlandi. Uning o'rniga Rifat Jemaletdinov maydonga tushdi

78. Abbosbek bugun super o'yin ko'rsatmoqda. Uni yana yiqitishdi

71. Bir daqiqada ikki marta Abbos raqib posbonini tekshirib ko'rdi, uning zarbasini darvozabon ushlab oldi

71. Abbosbek Fayzullaev raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi. Uning aniq va kuchli zarbasini darvozabon ushlab oldi

65. "Akron" safida SHerzod Esanov zaxiradan maydonga tushdi

64. Milan Gaichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

60. GOOOL. Oblyakov hisobni o'zgartirmoqda. Mezbonlar ikkinchi bo'limda hujumlaridan foydalana olmoqda

57. Danil Krugovoy ajoyib harakat qildi va zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq

55. Rosha va Jilson Tavaresh to'qnashib ketdi, mehmonlar hujumchisi maydonga yotibdi

49. GOOOL. Abbosbek Fayzullaevdan ajoyib uzatma va Tamerlan Musaev hisobni ochdi

48. Maksim Kuzminning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+3. Davila super imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi

Hakam birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

39. Roshaning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq

35. Fayzullaevning burchakdan uzatgan to'pidan so'ng Diveev boshi bilan zarba yo'lladi

34.  Milan Gaichra raqib maydonchasiga kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, raqib posboni qiyinchilik bilan to'pni burchakka chiqarib yubordi

31. Musaevning zarbasi ancha noaniq chiqdi

27. "Akron" futbolchilari juda qo'pol harakat qilmoqda.

21. Davilaning uzatmasidan so'ng Musaev boshi bilan zarba yo'lladi, to'pni esa darvozabon ushlab oldi

19. CSKAning hujumlari Fayzullaev qanotidan bo'lmoqda. Hamyurtimiz ajoyib harakat qilmoqda. Hozircha sheriklari imkoniyatlardan foydalna olmadi

15. Oblyakov ikkita futbolchini "xot-dog"ga uchirib yubordi va zarba yo'lladi, biroq to'p ustunga tegmoqda

14. Abbosdan navbatdagi ajoyib uzatma, biroq Davilaning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

11. Jilson Tavaresh hisobi ochishi mumkin edi, biroq mehmonlar yarim himoyachisini zarbasi noaniq chiqdi

9. Abbos uchrashuvni yaxshi boshladi. Fayzullaevning uzatmasiga jamoadoshlari etib kela olmadi va raqib himoyachisi to'pni egallab oldi

5. Abbos yaxshi harakat qildi va hujumni boshladi. Davilaning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

2. Ogohlantirish. Rosha ilk daqiqaning o'zida ogohlantirildi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика