

- Qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Boisi, "Norin" jamoasi yaxshi raqib ekan. Bugungi o'yin uchun aybni murabbiylar shtabi bo'ynimizga olamiz. Aniqrog'i, bosh murabbiy sifatida natijaga men javob beraman va men bo'ynimga olaman. Xatoga yo'l qo'ydim. Futbolchilarni almashtirish borasida noto'g'ri qaror qabul qildim. Navbatdagi uchrashuvga qadar kamchiliklarimizni bartaraf qilib, natijalarni ijobiy ko'rinishga olib kelamiz, degan umiddaman, - deydi Quryozov.
"Oq-tepa" matbuot xizmati



