Ro'ziqul Berdievning Oliy ligadagi 60-g'alabasi
08 mar 2016 12:07
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdievning Oliy ligadagi 60-g'alabasi
Oliy liga-2016ning 1-turida “Nasaf”ning g'alabasi jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev uchun o'ziga xos ahamiyatga ega bo'ldi.
45 yoshli mutaxassis “Nasaf” bilan oliy ligadagi 60-g'alabani tantana qildi. 2012 yilgi mavsumdan buyon jamoani boshqarib kelayotgan Ro'ziqul Sadullaevich “Nasaf” bilan shu paytgacha oliy ligada 92 ta uchrashuv o'tkazdi.
Ro'ziqul Berdievning “Nasaf” bosh murabbiy sifatida Oliy ligadagi natijalari:
2015 yil 30 ta o'yin 19 ta g'alaba
2014 yil 26 ta o'yin 16 ta g'alaba
2013 yil 26 ta o'yin 18 ta g'alaba
2012 yil 9 ta o'yin 6 ta g'alaba
O’xshash yangiliklar
13:38
Intervyu. Anvar Berdiev: "Hech qaysi raqib "Sho'rtan"ga oddiy jamoa sifatida qaramasligi kerak" 1

Fikrlar