So’nggi yangiliklar

13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  14

Ro'ziqul Berdiev: "Qarshiga kelgan raqiblar himoyaviy o'yin tashkil etishyapti" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Qarshiga kelgan raqiblar himoyaviy o'yin tashkil etishyapti"

Coca-Cola Superligasining 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Turon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Ko'rib turibsizlar, Qarshiga kelgan raqib himoyadan o'yin tashkil etyapti. Ikkinchi bo'limda tezlikni yanada oshirdik. Har doim shunday o'ynashga harakat qilayapmiz, lekin bazi xolatlarga g'alaba qozonishimizga to'sqinlik qilayapti. Raqiblar tempni tushirishga, vaqt cho'zishga urinishayapti. Asosiysi g'alaba, bu bizga zarur edi. G'alaba bilan muxlislarni va jamoa vakillarini tabriklaymiz.


- Javohir Sidiqov yaxshi harakat qildi. Uning almashtirilishiga sabab nima bo'ldi?

- Javohir katta hajmdagi ishni bajardi. Bugun ham penaltini o'z zimmasiga oldi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qilayapmiz. O'yin oxirida uzun uzatmalar uslubiga o'tdik, shu bois uni zaxiraga oldik. 


- Bahrom Abdurahimov qaydnomaga kiritilmadi. Unda jarohat bormi?

- Bahrom to'liq tiklanib ulgurgani yo'q. Kechagi mashg'ulotda uning tiklanmagani ko'rindi. Bizda jarohatlar bor, shuningdek etakchi o'yinchilarimiz jamoani tark etdi. SHuningdek, Marko hozir yordam bera olmaydi, shuningdek yana bir legioner Lima ham. Standart vaziyatlarda bu sezilib qolayapti. Bahrom bilan Lima ertaroq safga qo'shilishadi. Marko 1-2 oy atrofida safga qaytishi qiyin, u jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi. 


- Muhammadjon Rahimov o'yinga to'liq qo'shilib keta olmaganiga sabab nimada deb o'ylaysiz?

- U Tojikiston chempionatidan bizga kelib qo'shildi. Unga ozgina vaqt kerak.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика