So’nggi yangiliklar

00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6

Ro'ziqul Berdiev: "O'yin 90 daqiqa bo'ladi, bugun biz 30 daqiqa futbol ko'rdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "O'yin 90 daqiqa bo'ladi, bugun biz 30 daqiqa futbol ko'rdik"

Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- O'yin har doim 90 minut bo'ladi. Lekin bugun 30 minutlar atrofida futbol ko'rdik. Hakamlarning qaroridan ko'p jabr ko'rayapmiz, bugun navbatdagisi bo'ldi. Ko'rdinglar, Oybek Bozorov yiqitilganda vaziyat ko'rib chiqilmadi. Yoki ko'rib chiqib shunday qaror qabul qildi. Biz aslida hisobni kattaroq ko'rinishga olib kelishimiz mumkin edi. 1:0 dan so'ng ham yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi, ammo foydalana olmadik. SHu sababdan bugun ochko yo'qotdik deb o'ylayman.

- Bahrom Abdurahimov va SHarof Muhitdinovlar nega tarkibda ko'rinishmadi?

- Ularda jarohat bor. SHu bois bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilishmadi.

- Vaziyatlarni golga aylantirishda muammo ko'zga tashlanayapti. Bunda futbolchilarga mahorat etishmayaptimi? Yoki hayajon bilan bog'liqmi?

- Mahoratga ham, hayajonga ham bog'liqlik tomonlari bor. Ko'ryapsizlar, biz bilan uydagi o'yinlarda barcha raqiblar ko'pchilik bo'lib himoyaviy uslubda o'ynashmoqda. SHu sababdan ham yorib kirishda qiyinchilikka duch kelayapmiz. Bu borada yigitlarga tayinlayapmiz, birinchi bo'limda, umuman o'yin davomidagi har bir standart vaziyatdan unumli foydalanish kerak. Man o'ylayman-ki, hammada kayfiyat yaxshi. Muxlislarni ham tushunamiz, hali oldinda o'yinlar bor va oxirigacha kurashamiz.

- AGMK bilan kubok yarim final uchrashuvida jamoani jiddiy sinov kutib turibdi...

- Bu bosqichlarda oson raqib bo'lmaydi. Biz albatta finalni o'ylagan xolda maydonga chiqamiz.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика