So’nggi yangiliklar

16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  2 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  2 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   1 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  4 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  10 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  20 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2 13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  6 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  1 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  13 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  4 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  23 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  1

Ro'ziqul Berdiev: “Muammolar tufayli o'yinchilarimiz jamoani tark etish istagida” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Muammolar tufayli o'yinchilarimiz jamoani tark etish istagida”

“Buxoro” - “Nasaf” (1:0) uchrashuvi nihoyasiga etgach, o'yin yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumanida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va Aziz G'aniev ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Bugun o'zimizga xos o'yin namoyish qildik, to'pga ko'proq egalik qilgan bo'lsakda, mag'lubiyatga uchradik. Biz bilar edik “Buxoro” jamoasi qanotlarda ko'proq hujum uyushtiradi. Bugun ham shunday vaziyatda gol urishdi. Himoyachilarimiz biroz diqqatini yo'qotdi natijada darvozamizdan gol qo'yib yubordik. Umuman olganda jamoamiz qoniqarli o'yin ko'rsatdi, ammo natija qoniqarli bo'lmadi.

Jamoamizni kuchaytirish haqida o'ylayotganimiz yo'q. Mavjud muammolar tufayli, ko'p o'yinchilarimiz safimizni tark etish istagida bo'lmoqda. Biz ko'proq ularni olib qolish -jamoamizni saqlab qolish haqida o'ylayapmiz.

Jamoamizda ishtiyoq yo'qolgandir. O'yinimizda mazmun boru, ammo ijobiy natija uchun kurashishda ishtiyoq etishmayapti.  Ammo vaziyatdan chiqishimiz kerak. Bugungi o'yinimizni ko'rgan muxlislar, o'yinchilarimizni harakat qilishmadi deb, ayta olishmaydi. CHunki, harakat qildik, ammo bugun omadimiz ham etishmadi. Jamoamizga ishonamiz, Buni yuzaga chiqarishimiz kerak. takidlaganlaringizdek salohiyatimiz etarli.

“Buxoro” yaxshi jamoa sifatida shakllangan. Tajribali va etakchi o'yinchilar etarli. jamlangan. Bu orqali kerakli natijalarga erishmoqda.

Aziz G'aniev: - Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Ammo harakat qilganimiz bilan g'alabaga erisha olmadik. Bizga omad ham etishmadi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика