So’nggi yangiliklar

21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  6 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  46 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8

Ro'ziqul Berdiev "Metallurg" bilan o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev "Metallurg" bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"G'alaba bilan muxlislarimizni va jamoa azolarini tabriklayman. O'yinga kelsak, birinchi bo'lim tengkurashlar ostida o'tdi. Ikki jamoada ham vaziyatlar o'rtacha bo'ldi. Ikkinchi bo'limda o'yinimizga tezlik qo'shdik, qarshi hujumlarda vaziyatlar yaratishda faol bo'ldik. Umuman olganda ikki hil bo'lim guvohi bo'ldik. Goldan tashqari ham vaziyatlar bo'ldi. Muhimi uch ochkoga ega chiqildi. Navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Ro'ziqul Berdiev. 

- Husayin Norchaevda vaziyatlar ko'p yuzaga keldi. Lekin ulardan foydalana olmadi. Bo'sh darvozaga gol ura olmadi. Bu nima bilan bog'liq? Balki charchoq o'z so'zini aytgandir...

- Unga sovuqqonlik etishmadi. Lekin ikkinchi golni ajoyib urdi. O'zi vaziyat yaratdi. Bundan xursandmiz. 

- Jamoa birinchi bo'limga o'ziga o'xshamadi. Ikkinchi bo'limda ikki barobar kuchaytira oldi. Buning sababi nima?

- "Metallurg" yaxshi himoyalandi. Bilasiz, ular 5ta himoyachi bilan o'ynaydi. SHu bois yorib kirish qiyin kechdi. Raqib kuch yo'qotgach, biz yangi kuchlarni tushirdik. Bu esa mezbonlarga qiyinchilik tug'dirdi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика