So’nggi yangiliklar

14:15"Динамо" раҳбариятида ўзгариш: Шарофутдинов кетди  0 13:53Каннаваро: "Ўзбекистон — охиригача курашадиган жамоа. Бу ўзбек халқининг энг муҳим фазилати"  4 13:35Расман: "Динамо" Ҳожимирзаев билан шартномани узайтирди  2 13:24TVCOM'да бугунги тақвим: Бокс бўйича ЖЧда финал учун жанглар, “Рома” Шотландияда ва бошқалар  0 13:02"Арсенал" ҳужумчиси 11 ой ичида илк бор майдонга тушди  0 12:34Португалия терма жамоаси аъзоси фаолиятини тугатди  2 12:02"Қўқон-1912" бош мураббийи билан хайрлашди  6 11:48Ишли ва ишсиз ПРОфессионаллар  4 11:43Артета "Арсенал" футболчиси жиддий жароҳат олганини тасдиқлади  1 11:22Футзал бўйича Ўзбекистон чемпионатининг 6-турида 120 та гол урилди   2 10:45Башар Ресаннинг "Пахтакор"даги келажаги маълум  6 10:17Гвардиола "Реал"ни мағлуб этганидан сўнг нималар деди?  5 09:43Алонсонинг ўрнига "Реал"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  16 09:155 та жамоа EЧЛ плей-офф йўлланмасини нақд қилди  4 08:42EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  7

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz keyingi bosqichga o'tish" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz keyingi bosqichga o'tish"

OCHL-2 doirasida “SHabab Al-Ahli”ga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev va jamoa darvozaboni Abduvohid Nematovlar ishtirok etdilar.

Ertangi o'yin haqidagi fikrlar
Ro'ziqul Berdiev: - O'z maydonimizda xalqaro o'yinni boshlash arafasida turibmiz. Albatta, bundan jamoamiz ham, muxlislarimiz ham xursand. Ertaga biz tajribali klubga qarshi maydonga chiqamiz. Og'ir o'yin bo'lishi aniq. SHunga qaramasdan yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, ijobiy natija uchun harakat qilamiz. Yigitlar o'yinga shay, tayyorgarligimiz meyorida. Ushbu turnirdagi maqsadimiz keyingi bosqichga o'tish, shu boisdan ham oldimizdagi uchrashuvlarda ochkolar jamg'arishimiz lozim bo'ladi.

Abduvohid Nematov: - Bizni ertaga ajoyib o'yin kutmoqda. “Nasaf” muxlislarini qo'llab-quvvatlash uchun stadionga chorlaymiz. Biz bu jamoani yaxshi o'rganib chiqdik. Ertangi o'yinda 3 ochko uchun harakat qilamiz.

- “Nasaf”ning ertangi o'yindagi imkoniyatlarini necha foizga baholaysiz
?
Ro'ziqul Berdiev: - Yuqorida aytib o'tdim, ertangi raqibimiz anchayin jiddiy. SHunga qaramasdan biz g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Biz o'z uyimizda o'ynaymiz, xalqaro maydon tajribamiz bor. Yigitlar shay, maqsadimiz 3 ochkoga qaratilgan.

- "SHabab Al-Ahli” jamoasining qaysi jihatlarini ko'proq o'rganildi?
Ro'ziqul Berdiev: - Bu jamoa safida mahoratli futbolchilar bor. Yigitlar bilan bu jamoani o'yinlarini tahlil qilib chiqdik. “SHabab Al-Ahli”ga qarshi ochiq futbol o'ynash noto'g'ri, umuman OCHL-2 doirasidagi o'yinlar bunday uslub yakunda og'ir natijani keltirishi mumkin. Biz vaziyatga qarab o'z strategiyamizni o'yin vaqtida namoyish etamiz. Bu darajadagi jamoalarga qarshi o'yinlarda ehtiyotkorlikka alohida urg'u qaratish lozim. Fursatdan foydalanib, barcha ustoz va murabbiylarni jamoamiz nomidan tabriklaymiz.

- Tarkibida terma jamoa futbolchilari bor bo'lgan “SHabab Al-Ahli”ga qarshi o'yin siz uchun nimani anglatadi?
Ro'ziqul Berdiev - “SHabab Al-Ahli” kuchl ekanini bilamiz. Tarkibini ham o'rganib chiqdik. Biz o'z o'yinimizni o'ynashimiz kerak. Mahoratli legionerlari ko'p. Biz yaxshi kayfiyatdamiz, ertangi o'yinda 3 ochko uchun maydonga chiqamiz.

- Abduvohid, bu yilgi mavsumda siz namoyish etayotgan o'yindan muxlislar minnatdor bo'lishayapti. Ertangi o'yin ham chempionatdagi yorqin o'yinlaringizni mantiqiy davomi bo'ladimi?
Abduvohid Nematov: - Yaxshi mavsum o'tkazayapmiz. Mening yaxshi o'yinlarim albatta butun jamoamizning qo'llab-quvvatlashi va mehnati natijasida yuzaga kelayapti. Bu jamoani o'rganib chiqdik, ertaga g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
- Abduvohid, mavsum yakunida xorij klublaridan bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqishga qanchalik tayyorsiz?
Abduvohid Nematov: Takliflar bo'layapti, hozir bu haqida o'ylayotganim yo'q. Biz jamoamiz bilan maqsadimiz yo'lida harakat qilayapmiz. Asosiy etiborimizni shunga qaratayapmiz.

Ro'ziqul Berdiev: - Takliflar haqida o'ylaymay tursin, o'zi hozir bizga kerak.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика