So’nggi yangiliklar

13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  1 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  2 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  5 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  15 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  12 07:20Суперлига. Бугун 11-турга старт берилади. Қаршида етакчилар тўқнашуви бўлиб ўтади  20

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsad va vazifamiz - g'alaba" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsad va vazifamiz - g'alaba"

OCHL "D" guruhining 5-tur o'yini "Nasaf" - "Al Ayn" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Ertangi o'yinda maqsad vazifamiz g'alabadan iborat. SHu maqsad sari futbolchilarni tayyorladik. "Al Ayn" bilan o'yinga tayyormiz. Kim yaxshi o'ynasa yoki omad kim tarafda bo'lsa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi deb o'ylayman. Bu bahsda imkoniyatlar teng. SHerzod Azamov sariq kartochlari soni ikkitaga etgani bois o'yin o'tkazib yuboradi. SHuningdek Ilhom SHomurodovda ham jarohat bor. Bu futbolchilar jamoamiz uchun jiddiy yo'qotish. "Al Ayn" jamoasining OCHLdagi to'rttala bahsini, chempionatdagi bazi uchrashuvlarini ko'rib, raqibni o'rganib chiqdik. Bu jamoa OCHLda ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib keladi. "Al Ayn"ning barcha chiziqlari yuqori malakali futbolchilar bilan to'ldirilgan. Nafaqat legionerlar, balki BAAning eng ko'zga ko'ringan yuqori mahoratli futbolchilari shu jamoada jamlangan. Omar Abdulrahmon juda istedodli, yuqori mahorat sohibi. Omar Abdulrahmonni sinchiqlab qo'riqlashlari kerakligini futbolchilarga takidladik. Butun o'yin davomida bu futbolchini ko'zdan qochirmaslik zarur. SHundagina uni zararsizlantira olish mumkin.



- "Al Jayish" bilan bo'lgan o'yinda muxlislar stadionda ajoyib muhitni yaratishdi. Ammo jamoa yuqori bosim ostida qolib, hayajon bilan o'ynadi. Ertangi bahsda jamoa bosimsiz harakat qilishi uchun kerakli choralar ko'rildimi? Ruhiy tomonlama tayyorgarlik yaxshimi?
- Darhaqiqat jamoamiz "Al Jayish" bilan o'yinda xotirjam o'yin namoyish eta olmadi. Futbolchilar hayajon bilan o'ynashgani uchun ham o'zimiz xohlagan futbolni namoyish eta olmagandik. Buni o'yindan keyingi matbuot anjumanida ham takidlagandim. Jamoamiz ertangi o'yinda bosimsiz harakat qilishi lozim. O'ylaymanki, bunga erishamiz. Tayyorgarlik yaxshi darajada bo'ldi. 

- "Nasaf" asosan qanotlar orqali o'ynaydi. Buni raqiblar yaxshi o'rganib, jamoaga imkoniyat bermaganida ham hech uzoqdan zarba berilmaydi. Vaholanki "Nasaf"da kuchli zarba sohiblari etarli.
- Raqib bizni yaxshi o'rganadi. SHu bois bazi vaziyatlarda uzoqdan zarba berishlarini ham "yopib" qo'ya olishadi. Ammo biz har doim futbolchilarga vaziyat taqozo etishi bilan darvozani "o'qqa" tutishlarini takidlaymiz. Biz ertaga nafaqat qanotlar orqali, balki markazdan ham o'ynashni rejalashtirganmiz.


Dilshod Rahmatullaev
: -  O'yin oldin bir nima deyish qiyin. Uchrashuv haqida ertangi bahsdan so'ng bir nima desa bo'ladi.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика