So’nggi yangiliklar

12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  2 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  5 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  17 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7

Ro'ziqul Berdiev: "Himoyada tartibli o'ynab "Paxtakor"ga vaziyat yaratishga imkon bermadik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Himoyada tartibli o'ynab "Paxtakor"ga vaziyat yaratishga imkon bermadik"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

- Muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman! 90 daqiqa balki undan ham ko'proqdir etiborni yo'qotmasdan o'ynadik. Himoyada tartibli o'ynab "Paxtakor"ga vaziyat yaratishga imkon bermadik va qarshi hujumda judayam yaxshi harakat qildik. Ishtiyoq, taktik va jismoniy tomonlama raqibdan ustun keldik, shu sababli g'alaba qozondik. 

- Bahs avvlida Aliqulov va Mozgovoy to'qnashib ketganda qanchalik xavotirlandingiz? 

- Ular havodagi kurashlarda yaxshi o'ynashadi. Birinchi navbatda ikkalasi maydonni tark etishidan qo'rqdim. Sababi "Paxtakor" ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydi va Aliqulov bugungi bahsda juda zarur edi. SHukurki o'sha vaziyat biz uchun yaxshi tugadi va har ikkala futbolchimiz to'liq o'ynadi. 

- Mateus Lima Kruz jamoaga kelganida ko'p tanqidlarga sabab bo'lgandi. Bugun esa ancha faol bo'ldi, uning o'yinidan qanchalik qoniqdiz? 

- Albatta bugun jamoaga yordam berdi, ko'p mehnat qildi. To'g'ri Lima Kruz boshida kelganida jamoamiz o'yiniga kirishib ketishiga vaqt kerak edi. Jismoniy holatini ham yaxshilab olishimiz kerak edi. Bugun uning va barcha futbolchilarimning o'yinidan qoniqdim. Bugun ular maydonda katta ko'lamdagi ishni bajarishdi. Himoyada hech qanday xatosiz o'ynadik. 

- "Paxtakor" safidagi eng xavfli futbolchi bu - CHeran. Bugun unga deyarli imkon berilmadi. O'yindan oldin unga personal tarzda o'ynash topshirig'i bormidi? 

- CHeran, Banashak, Hamrobekov va Alijonovga personal o'ynadik. Hamrobekovga qarshi Bozorovni qo'ydik, bu o'zini oqladi. Hamrobekov birorta hujum boshlab bermadi. Ikkita markaziy yarim himoyachi esa CHeranni to'xtatib qolishdi. Himoyachilarimiz Banashakni yaxshi "yopishdi". 

- Jamoa bosimga tayyormi? Endi muxlislar chempionlikni talab qilishadi. 

- Bosimga yigitlarimiz ko'nikib borishmoqda. Ruhan ham o'sib borishmoqda. Bosim katta bo'lgan o'yinlarda harakat qildik: bugun, OCHL pley-off, OCHL guruh bosqichi o'yinlari. Yigitlarimiz bu o'yinlarda bosimga bardosh berishdi.

- Kubok yarim finalida ham o'ynaysizlar. O'sha paytga kelib ikkalasidan birini tanlashga to'g'ri kelib qolmaydimi?

- Albatta oldimizda o'yinlar bor, kubok o'yinlari ham bor. Zaxira imkoniyatlarimizdan to'liq foydalanib har ikkala frontda oxirigacha kurashamiz.

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика