Ro'ziqul Berdiev: "Gol urishda qiynaldik"
14 iyu 2014 23:26
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Gol urishda qiynaldik"
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
- Bugun qiynalib to'rtta gol urdik, lekin ularga osongina ikkita gol sovg'a qildik, -deya gap boshladi "Nasaf" ustozi.
- Gol urishimiz uchun ancha qiynaldik. Sababi mehmonlar ko'pchilik bo'lib himoyalanishdi. O'yinga keladigan bo'lsak, raqibimizni juda yaxshi o'rgangan edik. Bilasizlar muborakliklar safar o'yinlarida hali mag'lub bo'lishmagan edi. Ko'proq himoyada o'ynab, tezkor qarshi hujum uyushtirishadi. Ikkita goldan keyin o'yinmizda biroz pasayish kuzatilda va natijada o'z darvozamizdan ikkita gol olib chiqishga majbur bo'ldik. Asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bu juda muhim edi. CHunki avaalgi turlarda Paxtakor va Qizilqumga qarshi o'yinlarda ochko yo'qotgan edik.
- Bugun Muhammadiev maydonga tushirilmadi. Qolaversa, SHomurodov ham zaxirada qoldirildi. Bahriddinov va Allaniyazov deyarli maydonga tushirilmayapti. Buning sababi nimada?
- SHuhrat o'yindan oldingi mashg'ulotlarda kichik jarohat olgani bois bugun maydonga tushirmadik. Keyingi o'yinlarda u tayyor bo'ladi. Allaniyazovga imkoniyat ko'p berayapmiz. Lekkin gol urish, vaziyatlardan foydalanish borasida oqsayapti. Bahriddinovga keladigan bo'lsak, biz mavsum boshlanishiga kam vaqt qolgandi uni tarkibimizga jalb etganmiz. SHu bois jismoniy tayyorgarligi u qadar yuqori emas. SHomurodovga bu yilgi mavsumda kerakli o'yinlarda kerakli gollarni urdi. Toshkentda "Lokomotiv", Qarshida "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol etdi. Kutilmaganda ko'richak bo'lib, jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ldi. SHu sababli bugun Taran va To'raevni asosiy tarkibda maydonga tushirdim. Tajribali o'yinchilarimizni hali yordami bizga tegadi deb o'ylayman.
- Oxirgi paytlarda asosiy darvozabonimiz Eldorbek Suyunov xatolarga yo'l qo'ymoqda...
- Savolingizni tushundim. Bu meni ham o'ylantirayotgan masala. Balki, Suyunov men terma jamoada o'ynayapman deb o'ylayotgan bo'lishi mumkin. Lekin ixtiyorimizda darvozabonlar etarli. Ularga imkoniyat berishga tayyorman. Bizga mehnat qiladigan, ishonchni oqlaydigan, o'sishda to'xtamaydigan futbolchilar kerak.

Fikrlar