So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Ro'ziqul Berdiev: "Futbolchilarim qiyin pallada ishonchni yo'qotishmadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Futbolchilarim qiyin pallada ishonchni yo'qotishmadi"

2021 yilgi O'zbekiston kubogi finalidan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Biz yil davomida ko'p mehnat qildik. Yigitlar bilan muxlislarga qaysidir sovrinni yutib berishimizni niyat qilgandik. Oldimizdagi maqsad kubokni yutish edi. Futbolchilarga butun mavsum davomida qilgan harakatlri uchun minnatdorchilik bildiraman. Jamoamizning muxlislari O'zbekistonda juda ko'p, deb bemalol ayta olaman. G'alabamizni ularga bag'ishlaymiz. Albatta o'yin qiyin kechdi. Boz ustiga bir kishi kam bo'lib qoldik. Tartibli o'ynadik. Yigitlar shunday pallada ishonchni yo'qotishmadi. CHempion jamoa bizga nisbatan yaxshi o'ynagan bo'lishi mumkin. Biz qarshi hujumlarda va standart vaziyatlarda o'yinni qo'lga olishimiz talab etilardi", - dedi Berdiev.




- Bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz. Tanaffusda futbolchilarga qanday ko'rsatma berdingiz?

- Bilasiz yarim finalda ham bir kishi kam bo'lib g'alabaga erishgandik. Bir kishi kam bo'lib o'ynash tajribasiga ega edik. Olmaliqdagi o'yinni eslatdim, "Paxtakor" ko'p hujumga berilib charchashligini aytdim. Bazi bir o'zgarishlar qilindi. Yigitlar asosiysi diqqatni yo'qotmadi.

- "Nasaf" mavsum davomida 41 ta o'yin o'tkazdi. Jismoniy tomondan kubok finaliga tayyorlash qiyin bo'lmadimi?

- Bu borada kecha ham to'xtalgandim. OFK, kubok va chempionatda harakat qildik. Tarkibimiz katta zaxiraga ega emas. SHu bois ayrim rotaciyalarni qildik, bazi bir futbolchilarga dam berdik. Bu juda og'ir bo'ldi. Zaxiramiz kamligi chempionat oxirida bilindi. To'rtinchi o'rin bilan cheklanganimiz shundan. Oxirgi imkoniyatimizdan foydalandik. Mavsum boshida 4ta asosiy o'yinchilarimiz ketgani bois bir yil ichida yangi jamoani tashkillashtira oldik, deya olaman. Yagona maqsadda birlasha oldik. SHu boisdan ham "Nasaf" o'z mavqeini saqlab turibdi.

- Oybek Bozorov raqib futbolchisi oyog'ini bosgan vaziyatda qizil kartochka bor edimi?

- Oybek qo'pol futbolchi emas. O'zim ko'rmaganim uchun yordamchilarimdan so'radim. Bu narsalarni eslashga xojat yo'q. Bir marotaba qizishib jarima to'ladim. Endi ehtiyot bo'laman.

- Bobir Abdixoliqov o'yinni stadiondan kuzatdi. Uni keyingi mavsum "Nasaf"da ko'ramizmi?

- Bobir Abdixoliqov kelgan bo'lsa, nima uchun kiyinish xonasiga kelib tabriklamadi? Biz uni hali ko'rganimiz yo'q. Omadini bersin. Ketishdan oldin maqsadi bor edi. Belarus yoki Ukraina orqali o'zini yaxshi ko'rsatishi kutilgandi. Balki kirisha olmayotgandir. Ammo biz kutgan narsani bera olmayapti. Hujumdagi raqobatni kuchaytirish uchun uning rejalari bilan gaplashishimiz mumkin.


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика