So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Davralar oralig'ida "Nasaf" tarkibi yanada kuchaytiriladi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Davralar oralig'ida "Nasaf" tarkibi yanada kuchaytiriladi"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi 3 ochko biz uchun muhim edi va mavsum davomida asqotadi. Safarda, kuchli raqib maydonida g'alabani qo'lga kiritish juda ajoyib. O'yin haqida gapirsam, birinchi bo'limda biz hamma joyda nazoratni qo'lga oldik. Hisobda ham, o'yinda ham oldinda bordik. Lekin ikkinchi bo'limga kelib "So'g'diyona" vakillari bizdan yaxshiroq harakat qilishdi. Mezbonlar ko'proq qanotlardan tashkil etiladigan hujumlarga va standart vaziyatlarga tayanishdi. Biz bunga har doim tayyor emasdik, shu sabab standartdan gol o'tkazib yubordik.

Umuman olganda, yigitlar bugun ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Asosiysi bugun kurashuvchan jamoaga qarshi biz g'alabaga erisha oldik. 

- "Nasaf" asosan bir hujumchi bilan harakat qilardi. Bugun maydonda bir vaqtning o'zida ikki hujumchi o'ynadi. Bu taktik o'zgarish edimi?

- Bugun o'yin sxemasiga ozroq o'zgartirish kiritdik. Himoya chizig'ida sof 3 ta futbolchi harakat qildi. Bu qaysidir manoda raqibga noqulaylik tug'dirdi. Ikki hujumchi bilan o'ynaganimiz, ularning ikkisi ham bosh bilan yaxshi o'ynaydi, standart vaziyatlarda ular bizga zarur edi.

- Keyingi oyda U-23 Osiyo chempionati boshlanadi. Alibek Davronov terma jamoaga jalb etilsa, qanotda qiyinchiliklarga duch kelmaysizmi?

- Bizda G'olib G'aybullaev ham safga qaytmoqda. SHarof Muhitdinov va Dilshod Saidovni ko'rdinglar, bugun asosan qanotda harakat qilishdi. SHu sabab tarkibimizda bor futbolchilardan kelib chiqib o'yin uslubini tanlaymiz.

- O'zbekiston liga kubogi musobaqasini o'tkazish yoki o'tkazmaslik taklifi haqida sizning fikringiz qanday?

- Bu taklifni hozir sizdan eshitdim. CHunki qachon va qaysi formatda o'tishi haqida manga biron xabar kelmadi. Agar o'tkazilsa, bu o'yinlar sonini ortishiga sabab bo'ladi. Lekin "Nasaf" uchun bu musobaqa qiyinchilik tug'dirishi mumkin. CHunki, har bir turnirda qatnashayapmiz. Bundan tashqari turli yoshdagi terma jamoalarga tarkibimizdan muntazam futbolchilar jalb etib kelinmoqda. Biroq, o'yinlar soni ko'p bo'lgani yaxshi.

- "Nasaf"ning bu yilgi maqsadi qanday?

- Biz har doim yuqori o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilganmiz. Biz hozir reja qilayamiz, nasib bo'lsa davralar oralig'ida tarkibimizni yanada kuchaytiramiz.

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика